Logo NBU
Русская версия Switch to English Sayt kartasi Mulokatdagi shaxslar Izlash Bosh beti
Shanba, 22 noyabr 2008Bank to`g`risidaXizmatlarYangiliklarBo`limlar
Western Union





Izlach

8 avgust 2007 yil
Milliy bank tomonidan faqat Toshkent shahrida 367 ming plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi

2 aprel 2007 yil
2007 yilning 29 mart kuni O`zbekiston Milliy Bankining Tasviriy san`at galereyasida, Bolgariya Respublikasi elchixonasi hamkorligida “Yagona osmon ostida” nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

2 yanvar 2007 yil
Polsha davlati bilan umumiy tovar aylanmasi 600 mln. AQSh dollaridan oshishi mumkin 29.12.2006 12:44:16

17 oktyabr 2006 yil
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo`yicha foiz stavkalari 2006 yil 12 oktyabrdan boshlab pasaytirilganligini ma`lum qiladi:

Boshqa yangiliklar

O'R MB
Valutalar kurslari
Davlat valutalar kursalari:
USD  

1361.12

RUB  

49.79

EUR  

1707.39


Tijorat valutalar kursalari:
  Olish: Sotish:
GBP2003.00

2033.00

USD1368.00

1371.00

EUR1708.00

1733.00

JPY1407.50

142.50


Davlat Hokimiyati Portali


Notice: Undefined variable: temp_arr in C:\site\nbu-uz\common\statistics.php on line 99
Rambler's Top100

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining shu'ba banki bo'lgan "Aziya-Invest Bank" aksiyadorlik-tijorat banki Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankida 1996 yil 30 avgustda ro'yxatdan o'tgan, barcha turdagi bank operatsiyalari bilan shug'ullanish uchun Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining litsenziyasi 1996 yil 1 oktabrda olingan.

Bank tashkil etilgan vaqtda uning ustav sarmoyasi 6.450.000 AQSh dollari yoki 30.702.000 ming rubl miqdorida e'lon qilingan edi. O'sha vaqtda Bankning ustav fondidagi O'zmilliybank ulushi 81%ni tashkil etgan. "Aziya-Invest Bank" ATBning ustav fondi 1997-99 yillarda 11.065.980 AQSh dollariga ko'tarilganidan keyin O'zmilliybank ulushi 79,89%ni tashkil etdi.

Hozirgi vaqtda bu bankning muassislari O'zbekiston tomonidan - O'zmilliybank, Asakabank, "Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi" DAJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Rossiya tomonidan - "Konversbank" konversiya banki. Muassislar ulushlari taqsimoti quyidagicha:

Muassislar
Muassislar ulushi
AQSh dollarida
Muassislar ulushi foizlarda 
  O'zmilliybank
10 840 432,5    
85,32
  Asakabank  
999 943,5    
 
6,60
  Konversbank  
967 500    
 
6,38
  Aviatsiya ICB
 
129 000   
 
0,85
  NKMK  
129 000    
 
0,85
  Jami  
13 065 876,0   
 
100,0   

Tashkil topgan vaqtidan buyon Bank hisob-kitob-kliring markazidan to'laqonli moliya-kredit muassasasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi: Hozirgi kunda u eng katta sanoat korxonalarining ham, kichik va o'rta biznes xo'jalik yurituvchi subyektlarining ham, xususiy shaxslarning ham sifatli bank xizmatlariga bo'lgan ehtiyojini qondirishga qodir. Bank o'z mijozlariga keng doiradagi xizmatlarni, jumladan rubl va xorijiy valutadagi hisob-kitob-kassa xizmatlari ko'rsatishni, xalqaro hisob-kitoblarning amalda barcha shakllarini (akkreditivlar, bank kafolatlari, inkasso), konversiya hamda birja operatsiyalari va boshqalarni taklif etmoqda.

Ayni paytda Rossiya-O'zbekiston tovar oboroti ishtirokchilariga xizmat ko'rsatish Bank faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan bo'lib qolmoqda. O'zbekistonning yetakchi bank muassasalari bilan birgalikda tuzilgan Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi yagona bank fazosi doirasida "Aziya-Invest Bank" ATB mijozlarning tashqi iqtisodiy bitimlarini moliyalash yuzasidan alohida sxemalar ishlab chiqib, eksport-import kontraktlari yuzasidan kompleks xizmatlar ko'rsatilishini, jumladan valuta nazoratini, eksport-import bitimlarining pasportlari tezkor rasmiylashtirilishini, shuningdek O'zbekiston Respublikasining milliy valutasi - so'mdagi hisob-kitoblarni ta'minlamoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi konsernlari va uyushmalari bilan "Aziya-Invest Bank" ATB hisobvaraqlari orqali eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish yuzasidan ish olib borilmoqda. Hozirgi kunda "Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi" DAJ, "O'zDEUMarkaz" YoAJ kabi tashkilotlar, "O'zbekturizm" uyushmasining vakolatxonasi, "O'zDEUAvto" vakolatxonasi va boshqalar "Aziya-Invest Bank" ATBda hisob-kitob varaqlarini ochgan.

Hozirgi vaqtda Rossiyada "Aziya-Invest Bank" ATB hamda "O'zbekinvest" eksport-importni sug'urtalash milliy kompaniyasi ishtirokida Rossiya-O'zbekiston qo'shma sug'urta kompaniyasi tashkil etish loyihasi ko'rib chiqilmoqda.

Aloqa bog'lash uchun ma'lumot:
Aziya-Invest Bank:

 (095) 363-37-02, 363-37-03, 367-37-04, 230-04-02, 237-43-88

Adress: Rossiya, 109017, Moskva sh., 1-Kazachiy pereulok,
11/2-uy (metroning "Polyanka" bekati)


e-mail: main@asiainvestbank.ru


www: www.asiainvestbank.ru