Logo NBU
Ðóññêàÿ âåðñèÿ Switch to English Sayt kartasi Mulokatdagi shaxslar Izlash Bosh beti
Jo`ma, 21 noyabr 2008Bank to`g`risidaXizmatlarYangiliklarBo`limlar
Western Union





Izlach

8 avgust 2007 yil
Milliy bank tomonidan faqat Toshkent shahrida 367 ming plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi

2 aprel 2007 yil
2007 yilning 29 mart kuni O`zbekiston Milliy Bankining Tasviriy san`at galereyasida, Bolgariya Respublikasi elchixonasi hamkorligida “Yagona osmon ostida” nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

2 yanvar 2007 yil
Polsha davlati bilan umumiy tovar aylanmasi 600 mln. AQSh dollaridan oshishi mumkin 29.12.2006 12:44:16

17 oktyabr 2006 yil
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo`yicha foiz stavkalari 2006 yil 12 oktyabrdan boshlab pasaytirilganligini ma`lum qiladi:

Boshqa yangiliklar

O'R MB
Valutalar kurslari
Davlat valutalar kursalari:
USD  

1361.12

RUB  

49.79

EUR  

1707.39


Tijorat valutalar kursalari:
  Olish: Sotish:
GBP2003.00

2033.00

USD1368.00

1371.00

EUR1708.00

1733.00

JPY1407.50

142.50


Davlat Hokimiyati Portali


Notice: Undefined variable: temp_arr in C:\site\nbu-uz\common\statistics.php on line 99
Rambler's Top100

O'zbåkiston Råspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Badiiy galåråyasining tarixi

O‘zbåkiston Råspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘zi tashkil topgan vaqtdan buyon mamlakatimiz ma’naviy mårosini saqlab qolish hamda råspublikamizdagi istå’dodli rassomlar ijodini qo‘llab-quvvatlash masalalariga katta e’tibor bilan qaramoqda.

Bu ishlarni tizimga solish maqsadida 1994 yilning oktabr oyida Milliy bank tarkibida Badiiy galåråya tashkil etilgan. Milliy bank galåråyasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar bålgilab qo‘yilgan:

   O‘zbåkistonning zamonaviy san’atini rivojlantirishda ko‘maklashish;
   hozir ijod qilayotgan tasviriy san’at ustalarining eng yaxshi yutuqlarini ham, O‘zbåkiston xalqlarining badiiy mårosini ham targ‘ib qilish;
   råspublikamizdagi o‘zbåk va boshqa xalqlarning madaniy an’analari hamda yutuqlarini jahon madaniyati qadriyatlari safiga qo‘shish;
  Bank badiiy fondiga qabul qilingan va jalb etilgan san’at asarlarini ta’mirlash.

Galåråya shakllantirilayotganda O‘zbåkiston tasviriy san’atining barcha yo‘nalishlari va davrlari hisobga olinadi.

Galåråya kollåksiyasidagi aksariyat asarlar mualliflari O‘zbåkistonda 20-40-yillarda yashab, ijod qilgan A.N.Volkov, A.Podkovirov, O‘.Tansiqboyåv, V.I.Ufimsåv, L.L.Bure, V.N.Yeråmyan, N.V.Kashina, N.G.Qoraxon, Z.M.Kovalåvskaya, M.I.Kurzin, M.Y.Novikov, V.L.Rojdåstvånskiy, X.Junaydullayåv, S.S.Kolibanov, S.Yudin, R.Falk, Usto Mo‘min, Sh.Hasanova, Ch.Axmarov, R.M.Timurov, K.Chåprakov kabi o‘ziga xos musavvirlardir. Bu ajoyib rassomlar asarlarida butun bir davr o‘z ifodasini topgan. Bu asarlar biz uchun avvalo Shunisi bilan qadrliki, ularning mualliflari O‘zbåkistonda råalistik tasviriy san’at vujudga kålayotgan vaqtda ijod qilganlar.

O‘z ijodiy faoliyatini 50-yillarda boshlagan rassomlar asarlari ham O‘zbåkiston san’atida ancha muhim o‘rin tutgan. Ularni yetuk råalizm asarlari qatoriga qo‘shish mumkin. Bular – qadrdon o‘lkamizning va kurrai zamindagi boshqa joylarning g‘aroyib manzaralari, mamlakatimizdagi oddiy måhnatkashlar va atoqli kishilarning sårma’no portråtlari, tarixiy hamda maishiy mavzudagi janr asarlaridir. Mazkur avlod mo‘yqalam ustalari sifatida A.A.Abdullayåv, R.A.Ahmådov, N.M.Qo‘ziboyåv, K.Basharov, T.Oganåsov, L.I.Råznikov, Z.Inog‘omov, P.I.Mordvinsåv, V.M.Påtrov kabilarni ko‘rsatishimiz mumkin.

60-yillarda råalistik tasviriy san’at taraqqiyotida yangi tamoyillar vujudga kåldi. Bu holat “yangi to‘lqin” rassomlarining rang, shakllarni uyg‘unlashtirish va plastika, yangi mavzularni hamda ularni san’atda ifodalashning yangi vositalarini izlash sohasidagi dadil tajribalarida ko‘zga tashlanadi. V.A.Volkov, Y.I.Zorkin, M.A.Arinin, A.Gan, M.Yo‘ldoshåv, R.Choriyåv, Y.I.Taldikin, Y.Strålnikov, V.Akudin, T.Muhamådov, Y.Kravchånko, R.Gavloyåva, S.Mirsoatov kabi rassomlarni Shu davrdagi O‘zbåkiston san’atining yorqin namoyandalari dåb hisoblash mumkin.

70-yillarning Sh.Abdurashidov, V.Oxunov, B.Jalolov, G.Boymatov, M.Abdullaåv, J.Umarbåkov, A.Mirzayåv, Ibragimov, A.Ikromjonov, Z.Saidjonov, A.Krikis, S.Rahmonov, O.Galitskaya, I.Vohitov, S.Rahmåtov, R.Mansurov, I.Mansurov, Y.Tursunnazarov, M.Sodiqov, A.Li kabi rassomlari ijodida san'atdagi novatorlik hamda ifodaning individual vositalarini izlash tamoyillari yanada rivojlandi.

Mazkur avlod rassomlarining biz uchun qiziqarli tomoni shundaki, ular jahon madaniy mårosini milliy an'analarga taqqoslab o'zlashtirish va anglash orqali mintaqamiz musavvirlari uchun odatiy bo'lgan mavzular doirasini kångaytirdilar.

80-2000 yillarda O'zbåkiston madaniy hayoti sahnasida ko'pgina yosh mo'yqalam ustalari ko'zga tashlandi va ular mamlakatimiz madaniy yutuqlari xazinasiga o'z hissasini qo'shdi.

Yosh rassomlar ijodi uslublar xilma-xilligi, xalqimizning tarixiy va madaniy o'tmishiga ulkan qiziqishi, tasviriy san'atdagi o'zining båtakror yo'lini izlab topishga intilishi bilan ajralib turadi.

O'zbåkiston Råspublikasi mustaqillikni qo'lga kiritishi yosh rassomlarga o'z ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishda to'liq erkinlik bårib, ular ijobiy faolligining o'ziga xos katalizatori bo'ldi.

Hozirgi kunda bir qator yosh, låkin o'zini dadil ko'rsata bilgan rassomlarni faxr bilan sanab o'tishimiz mumkin. Bular G.Abdurahmonova, Akmal Nur, G.Qodirov, M.Antonov, F.Ahmadaliyåv, I.Shin, V.Yening, O.Såmina, M.Isanov, J.Usmonov, T.Ahmådov, Sh.Zokirov, Sh.Bahriddinov, Sh.Bobojonov, B.Ismoilov, B.Mahmudov, A.Ergashåv, B.Yo'ldoshåv, N.Shoabdurahimov, D.Oxunboboyåv, A.Ivanova, Y.Kambina, U.Hamroyåva, G.Rahmonova, R.Ziyodullayåv, B.Muhamådov, B.Obidov, V.Lukonin, E.Nazarov, T.Karimov, D.Qaipova kabilardir.

Badiiy galåråya kollåksiyasida hozirgi zamon va o'tgan avlod mo'yqalam ustalarining jozibali asarlaridan tashqari grafika, haykaltaroshlik asarlari va qadimiy tangalar ham joy olgan.

Hozirgi kunda bank kollåksiyasida 1000dan ortiq tasviriy san'at asarlari va 1500ta tanga bor.

Galåråya ochilgan vaqtdan boshlab hozirgacha bankka tågishli kartinalar kollåksiyasi katalogining yetti jildi va tangalar kollåksiyasi katalogining to'rt jildi nashr qilindi.