Logo NBU
Ðóññêàÿ âåðñèÿ Switch to English Sayt kartasi Mulokatdagi shaxslar Izlash Bosh beti
Chorshanba, 7 yanvar 2009Bank to`g`risidaXizmatlarYangiliklarBo`limlar
Western Union





Izlach

8 avgust 2007 yil
Milliy bank tomonidan faqat Toshkent shahrida 367 ming plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi

2 aprel 2007 yil
2007 yilning 29 mart kuni O`zbekiston Milliy Bankining Tasviriy san`at galereyasida, Bolgariya Respublikasi elchixonasi hamkorligida “Yagona osmon ostida” nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

2 yanvar 2007 yil
Polsha davlati bilan umumiy tovar aylanmasi 600 mln. AQSh dollaridan oshishi mumkin 29.12.2006 12:44:16

17 oktyabr 2006 yil
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo`yicha foiz stavkalari 2006 yil 12 oktyabrdan boshlab pasaytirilganligini ma`lum qiladi:

Boshqa yangiliklar

O'R MB
Valutalar kurslari
Davlat valutalar kursalari:
USD  

1393.00

RUB  

48.58

EUR  

2050.36


Tijorat valutalar kursalari:
  Olish: Sotish:
GBP2190.00

2222.00

USD1396.00

1399.00

EUR2050.00

2080.00

JPY154.00

155.00


Davlat Hokimiyati Portali


Notice: Undefined variable: temp_arr in C:\site\nbu-uz\common\statistics.php on line 99
Rambler's Top100

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni "

5 May 2006 yil

Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa, qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo‘lishini ta’minlash uchun moliyaviy mablag‘lar berishni yanada kengaytirish maqsadida:

1. “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida;
ilovaga muvofiq, uning aksiyadorlari tarkibi va ustav sarmoyasini ko‘paytirish to‘g‘risida “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qaroriga, shuningdek ,O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va tijorat banklarining takliflariga rozilik berilsin.
“Mikrokreditbank” “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat bankining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari saqlanishi hamda o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydigan talabnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

2. Quyidagilar “Mikrokreditbank”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko‘lamdagi bank hamda konsalting xizmatlari ko‘rsatish;
mikrokreditlar berish hamda mikrolizing yo‘li bilan mikrofirmalar, oilaviy biznes va kasanachilik rivojlanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash hisobiga tadbirkorlik sohasi kengayishiga ko‘maklashish;
qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejani, uning moliyaviy holatini, kreditni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash manbalarini sinchiklab tahlil etish asosida mikrokreditlarning qaytarilishini ta’minlash;
mikrokredit berish va mikrolizing bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiya va grantlarini jalb etish;
ayniqsa, qishloq joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni ta’minlaydigan filiallar va mini-banklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish.

3. Belgilansinki, “Mikrokreditbank” mintaqaviy, asosan qishloq joylardagi filiallari va mini-banklari tizimi orqali:
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli mikrokreditlarni yiliga 5 foizdan yuqori bo‘lmagan foiz stavkasida, eng kam ish haqining 200 karragacha miqdorida 18 oygacha bo‘lgan muddatga;
kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag‘larini to‘ldirishga mikrokreditlarni Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan stavka bo‘yicha, eng kam ish haqining 500 karragacha miqdorida 24 oygacha bo‘lgan muddatga beradi;
kichik biznes subyektlari uchun Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan stavka bo‘yicha, eng kam ish haqining 200 karragacha miqdorida 3 yilgacha bo‘lgan muddatga imtiyozli mikrolizing bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ilgari olgan mikrokreditini o‘z vaqtida va to‘liq qaytargan hamda u bo‘yicha qo‘shilgan foizlarni to‘lagan tadbirkorlik subyektlari biznesni rivojlantirishga keyingi mikrokreditlarni olish hamda “Mikrokreditbank” xizmatlaridan foydalanish uchun ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar.

4. “Mikrokreditbank” mikrokreditlarni rasmiylashtirishda byurokratizm va rasmiyatchilik hollariga yo‘l qo‘ymasin. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda qarz oluvchi tomonidan mikrokredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati faqat:
mikrokredit olishga buyurtmanoma;
biznes-reja;
mikrokredit qaytarilishi ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan cheklanadi.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi muvaqqat nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

5. Quyidagilar “Mikrokreditbank” resurs bazasini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasini shakllantirishga yo‘naltiradigan mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2007-2010 yillar mobaynida Markaziy bankning respublika budjeti daromadiga yo‘naltiradigan foydasi hisobidan yillik 2 foiz stavka bo‘yicha 10 yil muddatga 10 mlrd.so‘m miqdorida beriladigan har yilgi ssudalar;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasining kredit liniyalari.

6. Belgilansinki, mikromoliyalashtirish shartnomalari, shuningdek, garov, kafolat shartnomalari hamda mikromoliyalashtirish bilan bog‘liq boshqa shartnomalarni notarial tasdiqlash shartnoma summasining 0,1 foizi stavkasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
“Mikrokrekditbank” filiallarining Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasiga kirishini ta’minlasin hamda qarz oluvchilarning kredit tarixi bo‘yicha o‘zining ma’lumotlar bazasini yaratishda “Mikrokreditbank”ka yordam ko‘rsatsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiya va grantlarini jalb etishda “Mikrokreditbank”ka ko‘maklashsin.

8. “Mikrokreditbank” 2011 yilning 1 yanvarigacha:
daromad (foyda) va mulk soliqlari to‘lashdan;
olib kelinadigan bank uskunalari va texnologiyalari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlardan tashqari);
bank foydasiga undirilgan mulkni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmalariga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov


Toshkent shahri, 2006 yil 6 may.