Logo NBU
Русская версия Switch to English Sayt kartasi Mulokatdagi shaxslar Izlash Bosh beti
Chorshanba, 7 yanvar 2009Bank to`g`risidaXizmatlarYangiliklarBo`limlar
Western Union





Izlach

8 avgust 2007 yil
Milliy bank tomonidan faqat Toshkent shahrida 367 ming plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi

2 aprel 2007 yil
2007 yilning 29 mart kuni O`zbekiston Milliy Bankining Tasviriy san`at galereyasida, Bolgariya Respublikasi elchixonasi hamkorligida “Yagona osmon ostida” nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

2 yanvar 2007 yil
Polsha davlati bilan umumiy tovar aylanmasi 600 mln. AQSh dollaridan oshishi mumkin 29.12.2006 12:44:16

17 oktyabr 2006 yil
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo`yicha foiz stavkalari 2006 yil 12 oktyabrdan boshlab pasaytirilganligini ma`lum qiladi:

Boshqa yangiliklar

O'R MB
Valutalar kurslari
Davlat valutalar kursalari:
USD  

1393.00

RUB  

48.58

EUR  

2050.36


Tijorat valutalar kursalari:
  Olish: Sotish:
GBP2190.00

2222.00

USD1396.00

1399.00

EUR2050.00

2080.00

JPY154.00

155.00


Davlat Hokimiyati Portali


Notice: Undefined variable: temp_arr in C:\site\nbu-uz\common\statistics.php on line 99
Rambler's Top100

"Hususiylashtirilgan korhonalarni korporativ bashq'arishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Q'arori

Kommunal xizmatlar uchun iste`molchilarning o`z vaqtida va to`liq hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish va mas`uliyatini oshirish, tariflarning asossiz ravishda o`sib ketishiga yo`l qo`ymaslik, shuningdek kommunal tarmoqlardan foydalanish, ularni texnik jihatdan zamonaviylashtirish va qayta jihozlash, kommunal xizmat ko`rsatish korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:

1. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tariflar va uy-joy-kommunal xo`jaligidagi iqtisodiy islohotlar dasturi bajarilishi monitoringini olib borish respublika komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etilsin.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

kommunal xizmatlarning raqobat bozorini shakllantirishga, ushbu sohada xususiy korxonalarni rivojlantirishga ko`maklashish;

kommunal xizmatlar uchun tariflarning asossiz ravishda oshib ketishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida kommunal xizmatlar qiymati va ular uchun tariflar miqdorini belgilashda xarajatlar tarkibini yilning har choragida hududlar bo`yicha tahlil qilib borish;

o`rta va past bosimli gaz quvurlarida tabiiy gaz, tegishli kommunal xizmat ko`rsatish korxonalari tomonidan issiq suv va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va iste`molchilarga yetkazib berishda ular isrof bo`lishining cheklangan normalarini ishlab chiqishni tashkil etish;

tasdiqlangan dasturga muvofiq kommunal xizmatlarni yakka va umumfoydalaniladigan tartibda hisobga olish asboblarini o`rnatishni nazorat qilish va ulardan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish;

ishlab chiqarish va kommunal xizmatlar ko`rsatish jarayonida zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq qilish va nazorat o`rnatishni tashkil etish.

2. Belgilab qo`yilsinki:

barcha yuridik shaxslar - kommunal xizmatlar iste`molchilari iste`mol qilingan kommunal xizmatlar uchun kalendar` oy tamom bo`lgandan keyin 30 kun mobaynida to`liq hisob-kitob qilishlari shart;

shartnomada belgilangan muddatlardan o`tib ketgan har bir kun uchun yuridik shaxslardan muddati o`tkazib yuborilgan summaning 0,4 foizi, aholidan esa 0,1 foizi miqdorida, ammo 50 foizdan oshmaydigan miqdorda, penya qo`shib undiriladi. Olingan penya summalari kommunal xizmat ko`rsatish korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash uchun to`liq va maqsadli foydalaniladi;

kommunal xizmatlar uchun o`z vaqtida haq to`lamagan iste`molchilar o`rnatilgan tartibda ushbu manbalardan uzib qo`yiladi;

gaz va suv tarmoqlariga o`zboshimchalik bilan ulanib olgan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv, issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazgan, shuningdek hisobga olish asboblarining ko`rsatkichlarini o`zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashishga yo`l qo`ygan qoida buzuvchilar qonunchilikka muvofiq to jinoiy javobgarlikkacha tortiladilar.

3. Belgilansinki, 2005 yil 1 iyuldan boshlab uy-joylar ichidagi suv o`tkazgichlari, kanalizatsiya, issiqlik, elektr tarmoqlari va qurilmalarga texnik xizmat ko`rsatish xarajatlari uy-joy mulkdorlari shirkatlari (UMSh)da jamlangan uy-joy mulkdorlarining mablag`lari hisobidan qoplanadi va, tegishli ravishda, sovuq suv, issiqlik va elektr energiyasi etkazib beruvchi korxonalarning xarajatlariga kiritilmaydi.

4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" 2002 yil 26 fevraldagi PF-3038-son Farmoniga muvofiq uy-joy mulkdorlari shirkatlariga berilgan soliq imtiyozlari uy-joy mulkdorlari shirkatlarining professional boshqaruvchi kompaniyalariga joriy etilsin.

5. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" 2004 yil 1 noyabrdagi 511-son qaroriga muvofiq 2005 yil 1 yanvardan boshlab olingan kommunal xizmatlar uchun aholi tomonidan haq to`lash iste`molchilarning ixtiyoriga ko`ra barcha tijorat banki bo`limlari va to`lovlarni qabul qilish kassalari orqali cheklovlarsiz amalga oshirilishi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

Uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal xizmatlar ko`rsatish korxonalariga ular tomonidan ko`rsatilgan kommunal xizmatlar, shu jumladan uy-joylarning ekspluatatsiya xarajatlari uchun aholidan naqd pul mablag`larini kassalarni chetlab mustaqil yig`ish taqiqlansin.

6. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari
A.H.To`xtaev O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, "O`zkommunxizmat" Agentligi, "O`zbekenergo" DAK, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi takliflarni puxta ko`rib chiqsin va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Bunda uy-joy mulkdorlari va undan foydalanuvchilarning kommunal xizmatlar haqini, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlarini o`z vaqtida to`lash uchun javobgarligi masalalariga alohida e`tibor qaratilsin.

7. Uy-joy mulkdorlari va undan foydalanuvchilar tuzilgan shartnomalarga muvofiq, kommunal xizmat, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlarini to`lash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksi va boshqa qonun hujjatlari talablarini qo`pol ravishda buzgan hollarda shahar va tumanlarning hokimliklari kommunal xizmat ko`rsatuvchilar yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq, to`lanmagan qarzlarni aybdor shaxslardan belgilangan tartibda undirib olish to`g`risida fuqarolik sudlariga da`vo arizalari kiritsinlar.

8. O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo`mitasi, "Davarxitektqurilish" qo`mitasi, "Ergeodezkadastr" Davlat qo`mitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bo`sh turgan egasiz uy-joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizomni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning hokimliklari bo`sh yotgan uy-joylarni uch oy muddatda xatlab qo`ysinlar.

Bo`sh yotgan egasiz uy-joylar aniqlanganida ularni belgilangan tartibda davlat mulkiga o`tkazish uchun sudga murojaat etish maqsadida ularni hisobga olib qo`yish ta`minlansin;

olti oydan ortiq kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlari uchun haqi to`lanmagan bo`sh yotgan uy-joylar aniqlangan taqdirda qonunchilikka muvofiq uy-joy mulkdorlarining muayyan javobgarligi to`g`risida qaror qabul qilish uchun fuqarolik sudlariga da`vo arizalari kiritilsin.

10. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat mulki qo`mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda sud organlari ushbu qaror ijrosi bo`yicha qabul qilgan qarorlarni sud ijrochilari tomonidan ijro etish tartibi to`g`risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

uy-joy kommunal sohasidagi normativ-huquqiy boshqarish avvalo qonun hujjatlari bilan amalga oshirilishini nazarda tutgan holda tegishli idoraviy normativ hujjatlarni tanqidiy qayta ko`rib chiqsin va ularni keskin kamaytirish hamda tartibga keltirish choralarini ko`rsin;

amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklatilsin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Toshkent shahri, 2005 yil 10 fevral