Logo NBU
Русская версия Switch to English Sayt kartasi Mulokatdagi shaxslar Izlash Bosh beti
Chorshanba, 7 yanvar 2009Bank to`g`risidaXizmatlarYangiliklarBo`limlar
Western Union





Izlach

8 avgust 2007 yil
Milliy bank tomonidan faqat Toshkent shahrida 367 ming plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi

2 aprel 2007 yil
2007 yilning 29 mart kuni O`zbekiston Milliy Bankining Tasviriy san`at galereyasida, Bolgariya Respublikasi elchixonasi hamkorligida “Yagona osmon ostida” nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

2 yanvar 2007 yil
Polsha davlati bilan umumiy tovar aylanmasi 600 mln. AQSh dollaridan oshishi mumkin 29.12.2006 12:44:16

17 oktyabr 2006 yil
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo`yicha foiz stavkalari 2006 yil 12 oktyabrdan boshlab pasaytirilganligini ma`lum qiladi:

Boshqa yangiliklar

O'R MB
Valutalar kurslari
Davlat valutalar kursalari:
USD  

1393.00

RUB  

48.58

EUR  

2050.36


Tijorat valutalar kursalari:
  Olish: Sotish:
GBP2190.00

2222.00

USD1396.00

1399.00

EUR2050.00

2080.00

JPY154.00

155.00


Davlat Hokimiyati Portali


Notice: Undefined variable: temp_arr in C:\site\nbu-uz\common\statistics.php on line 99
Rambler's Top100

"Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar "

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Q'arori

Qayd etilsinki, keyingi yillarda kommunal xo`jaligini isloh qilish, uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat ko`rsatish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish bo`yicha zarur qonunchilik va normativ- huquqiy baza yaratildi, uy-joy mulkdorlari bilan kommunal xizmat ko`rsatuvchilar o`rtasida shartnomaviy munosabatlar mustahkamlanmoqda.

Shu bilan birga uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil qilish jarayoni va ularning faoliyati yuzaki olib borilmoqda, amalda tasodifiy kishilar ixtiyoriga berib qo`yilgan, ko`p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ularni saqlash nihoyatda qoniqarsiz ahvolda, ko`rsatilgan kommunal xizmatlar uchun iste`molchilarning to`lov intizomi hamon pastligicha qolmoqda.

Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mahalliy hokimiyat organlari hamda xizmat ko`rsatuvchi ekspluatatsiya va ta`mirlash tashkilotlari bilan o`zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida:

1. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar - viloyat markazlarida, Toshkent shahri tumanlarida, shuningdek aholisi 60 ming kishidan oshadigan, ko`p xonadonli uylarga ega bo`lgan shaharlarda Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uyushmalarini (bundan buyon matnda UMSh Uyushmalari deb yuritiladi) tashkil etish to`g`risidagi takliflari qabul qilinsin.

Belgilab qo`yilsinki, tashkil etiladigan UMSh Uyushmalarining muassislari tarkibiga uy-joy mulkdorlarining shirkatlari (bundan buyon matnda - UMSh deb yuritiladi), kommunal xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarning ta`mirlash-qayta tiklash, avariya xizmatlari, shuningdek tegishli hududlardagi ko`p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ta`mirlash bilan shug`ullanuvchi boshqa pudrat tashkilotlari kiradilar.

2. Quyidagilar UMSh Uyushmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
uy-joylar hamda uylar yaqin atrofidagi hududlarni texnikaviy va sanitariya jihatdan yaxshi holatda saqlash, uy-joy fondini kuz-qish fasliga tayyorlash va undan foydalanish masalalarida UMShning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o`zaro hamkorligini ta`minlash;

uy-joy fondining texnikaviy holatini saqlash, uy-joylarni kapital va joriy ta`mirlash, shuningdek avariya-qayta tiklash ishlarini o`tkazish masalalari bo`yicha UMShning ekspluatatsiya, avariya-ta`mirlash va xizmat ko`rsatish korxonlari bilan o`zaro munosabatlarini takomillashtirish;

UMShning moddiy-texnika resurslari va sifatli uy-joy kommunal xizmatlariga bo`lgan talab-ehtiyojlarini qondiradigan to`laqonli bozor infratuzilmasini tashkil qilishga ko`maklashish;

UMShning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko`rsatish;
uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kadrlari hamda rahbarlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari bo`yicha axborot-tahlil departamenti, "zkommunxizmat" Agentligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda UMSh shahar va tuman Uyushmalarining Namunaviy Nizomini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

3. Quyidagilar tasdiqlansin:
shahar, tuman Uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati tuzilmasi; uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat ro`yxatiga olish tartibi va hisobga qo`yish to`g`risidagi Nizom.
Belgilansinki, Uyushmaga kiruvchi uy-joy mulkdorlari shirkatlarining rahbarlari, ta`mirlash-qayta tiklash va avariya

xizmatlarining, uy-joylardan foydalanish va kommunal xizmat ko`rsatish korxonalari (tashkilotlari)ning vakillari UMSh Uyushmalari a`zolari umumiy yig`ilishining qatnashchilari hisoblanadilar.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari zimmasiga UMSh Uyushmalari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va o`zaro hamkorlik qilish bo`yicha quyidagi vazifa hamda vakolatlar yuklatilsin:

uy-joy fondidan foydalanish, joriy va kapital ta`mirlashni o`z vaqtida amalga oshirish masalalarida UMSh faoliyati samaradorligini muntazam tahlil qilib borish;

ko`p xonadonli uy-joy fondida o`tkaziladigan ta`mirlash-qayta tiklash ishlarining tasdiqlangan qurilish norma va qoidalariga muvofiqligini nazorat qilish;

UMSh tomonidan amaldagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan hollarda uy-joy mulkdorlarining navbatdan tashqari yig`ilishlarini chaqirish;

UMSh raislari va ijrochi direktorlarini tayinlash to`g`risida tavsiyanomalar, shuningdek ularni uy-joy mulkdorlarining qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etmagan, amaldagi qonunchilikni buzgan taqdirda lavozimidan ozod qilish to`g`risida takliflar kiritish.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shahar va tumanlarda uy-joy kommunal xo`jaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi hokim o`rinbosari boshchiligida uy-joy fondini saqlash monitoringi Komissiyalarini tuzsinlar, ularning tarkibiga kadastr, soliq, moliya xizmatlarining, arxitektura-qurilish nazorati, ichki ishlar organlarining, mahallalar, UMSh Uyushmalarining vakillarini jalb etsinlar.

6. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari A.X.To`xtaev, Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari bo`yicha axborot-tahlil departamenti O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, "zkommunxizmat" Agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, UMSh Uyushmalari bilan birgalikda 2005 yilning birinchi yarmida UMSh rahbar xodimlarini, jumladan tarmoq kollejlari bazasida o`qitishni tashkil qilsinlar.

7. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 5 iyuldagi F-1992-son Farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh (R.S.Azimov), Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlarning hokimliklari:

2005 yilning fevral`-mart oylarida bitta UMShga birlashtiriladigan xonadonlar (uylar) sonini qayta ko`rib chiqish va maqbullashtirish maqsadida ko`p xonadonli uylardagi uy-joy egalarining navbatdan tashqari yig`ilishlarini o`tkazishni ta`minlasin;

2005 yilning 1 apreliga qadar muddatda UMSh hududiy uyushmalarining ta`sis yig`ilishlarini o`tkazsin;
2005 yilning 1 mayiga qadar muddatda tuzilayotgan UMSh
Uyushmalarini zarur xonalar, anjomlar, shuningdek tashkiliy texnika bilan ta`minlasin.

8. Shunday tartib o`rnatilsinki, bunda:

1991 yilgacha bo`lgan davrda qurilgan ko`p xonadonli uy-joy binolarini kapital ta`mirlash dasturlariga uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan uy-joy binosini kapital ta`mirlash umumiy smeta qiymatining kamida 30 foizi hajmida moliyalashtirilgan uylar kiritiladi;
ko`p xonadonli uy-joy binolarida joylashgan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan xonalarning egalari turar-joy binosining umumiy mulkini saqlash va ta`mirlashda ishtirok etishlari majburiydir.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog`iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari mahalliy byudjetlarga rejadan ortiqcha tushgan mablag`lar hisobidan ta`mirlash-qayta tiklash ishlari uchun UMShga byudjetdan ssudalar bersin.

9. O`zbekiston Respublikasi "Davarxitektqurilish" qo`mitasi "zkommunxizmat" Agentligi, "Sanoatkontexnazorat", Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda belgilangan tartibda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

ko`p xonadonli uylarda xonalarni rekonstruktsiyalash, o`zgartirish va qayta uskunalash bo`yicha binolar xavfsizligini ta`minlaydigan qurilish norma va qoidalari;

har bir xonadonda sovuq va issiq suv uchun bittadan oshmaydigan hisoblagich asbob o`rnatilishini ko`zda tutadigan uy ichi va xonadon ichi kommunal tarmoqlarining sxemalari eng maqbul bo`lgan ko`p xonadonli uylarning namunaviy loyihalari.

10. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda:
hududiy kommunal-foydalanish birlashmalarini tugatib, ularning vazifalarini kommunal xizmatini rivojlantirish masalalariga mas`ul bo`lgan hokim o`rinbosari kotibiyati ixtiyoriga topshirsinlar;
viloyat "Kommundrenaj" ishlab chiqarish korxonalarini shahar va tuman hokimliklari bilan shartnomalar asosida ixtisoslashtirilgan drenaj ishlarini bajaruvchi pudrat korxonalariga aylantirsinlar.

Shahar va tumanlarni obodonlashtirish, ko`chalarni yoritish, drenaj ishlarini bajarish masalalari nodavlat mulkchilik shaklida barpo etilayotgan korxonalar tomonidan mahalliy hokimiyat organlari, UMSh Uyushmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnoma asosida hal etilishi belgilab qo`yilsin.

11. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi "zkommunxizmat" Agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar

Mahkamasiga kiritsin:
bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida takliflar; ikki oy muddatda - "Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to`g`risida" O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonuni loyihasi.

12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklatilsin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Toshkent shahri, 2005 yil 11 fevral