"Ikkilamchi
bozorni rivojlantirish to'grisida qaror qabul qilindi"
O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
Qimmatli qog'ozlar ikkilamchi bozorini
yanada rivojlantirish, bozor infratuzilmasini takomillashtirish
va respublika fond bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb
etish bo'yicha 2003 yil 29 aprelda qaror qabul qilindi.
1. Belgilab qo'yilsinki, ikkilamchi
bozorda ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisiga
doir bitishuvlar faqat qimmatli qog'ozlarning birjadan tashqari
bozorlarida amalga oshiriladi.
Ikkilamchi bozorda ochiq aksiyadorlik
jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisiga doir fond birjalarining
hamda tegishli litsenziyalarga ega bo'lgan qimmatli qog'ozlar
birjadan tashqari savdolari tashkilotchilari savdo tizimlaridan
tashqarida tuzilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
2. Belgilansinki, aksiyalari "Toshkent"
respublika fond birjasi listingining yuqori toifalariga ("A"
toifasiga) kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun 2005
yil 1 yanvargacha daromad (foyda) solig'i stavkalari amaldagiga
nisbatan 10 foizga kamaytirildi, bo'shab qolgan mablag'lar
ishlab chiqarishni texnika bilan qayta jihozlashga va zamonaviylashtirishga
yo'naltiriladi.
3. "Toshkent" respublika
fond birjasi istisno tariqasida uch yil muddatga qo'shilgan
qiymat solig'i to'lashdan ozod qilinsin, bo'shab qoladigan
mablag'lar uning savdo va axborot tizimlarini rivojlantirishga
va asbob-uskunalar xarid qilishga maqsadli yo'naltiriladi.
4. Quyidagilar: Qimmatli qog'ozlar
bozorida hisob-kitob-kliring palatalari to'g'risidagi Nizom;
O'zbekiston Respublikasi depozitariy tizimida deponentlarning
yagona bazasi tizimi to'grisidagi Nizom tasdiqlansin.
5. O'zbekiston Respublikasi Davlat
mulki qo'mitasi huzuridagi Qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini
muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi "Toshkent"
respublika fond birjasi bilan birgalikda potensial investorlarga
aksiyadorlik jamiyatlarining moliya-xo'jalik faoliyati, ularning
aksiyalari narxlari va to'langan dividendlar to'g'risidagi
asosiy ma'lumotlarni taqdim etish bo'yicha axborot tizimini
bir oy muddatda ishlab chiqsin va eriy etsin.
6. O'zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi, Davlat mulki qo'mitasi, Qimmatli qog'ozlar bozori
faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi manfaatdor
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar
Mahkamasiga O'zbekiston Respublikasi qonun hujatlariga mazkur
qarordan kelib chiquvchi o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida
takliflar kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini
nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari
R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Toshkent shahri, 2003 yil 29 aprel
|