Xususiylashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2005 yil 15 apreldagi “Bank tizimini yanada isloh
qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 56-sonli
Qarori bilan kelgusida bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish,
uning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tijorat banklari ishi
samaradorligini oshirish, ularni kapitallashtirish darajasini ko‘tarish,
investitsiya jarayonlarida va iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlarida
keng ishtirok etish yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Mazkur Qaror 2009 yilga qadar Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy bankini xususiylashtirishni, davlat ulushi bir qismini
yetakchi xorijiy banklarga va xalqaro moliya muassasalariga sotishni
ko‘zda tutadi. Mamlakatning yirik bankini xususiylashtirish – kelgusidagi
iqtisodiy erkinlashtirish, amalga oshirilayotgan islohotlarni rivojlantirish
va ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish sari qo‘yiladigan muhim qadamdir.
Xususiylashtirish nafaqat bank sho‘’basini, balki O‘zbekiston iqtisodiyotidagi
bozor munosabatlarining barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishga
undovchi yangi omil bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Milliy bankni xususiylashtirishning asosiy
maqsadlaridan biri mamlakat butun bank sho‘’basining ishonchliligi
va oshkoraligini xalqaro bank hamjamiyatiga namoyish etish uchun
eng ko‘p darajada shaffoflikka erishishdan iboratdir.
Milliy bank yetakchi xorijiy banklar bilan
bankni xususiylashtirishdan avvalgi tadbirlarda va xususiylashtirish
chora-tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatlari xususida maslahatlar
olib boradi. Nufuzli xorijiy investitsion bankning jalb etilishi,
bir tomondan, O‘zmilliybankka sifatli baho berishga, boshqa tomondan
esa, potensial investorlarning bankka bo‘lgan ishonchini yanada
oshirishga ko‘maklashadi.
Milliy bankni xususiylashtirish pirovard
maqsadi – xorijiy investorlarni jalb etish masalarini hal qilishda,
bankning jamiyatni rivojlantirishdagi ishtirokini kengaytirish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotning
real sho‘’basini mustahkamlashdan iboratdir.
Xususiylashtirish jarayoni bilan birga
korporativ boshqaruv tamoyillarining joriy etilishi bankning o‘z
faoliyati pirovard natijalari uchun aksiyadorlar oldidagi mas’uliyatini
oshiradi.
SHunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini xususiylashtirish davr
talabiga va umuman O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga, shuningdek,
har bir mijozning manfaatlariga javob beradi.
|