Logo NBU
Русская версия Switch to English Sayt kartasi Mulokatdagi shaxslar Izlash Bosh beti
Shanba, 22 noyabr 2008Bank to`g`risidaXizmatlarYangiliklarBo`limlar
Western Union





Izlach

8 avgust 2007 yil
Milliy bank tomonidan faqat Toshkent shahrida 367 ming plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi

2 aprel 2007 yil
2007 yilning 29 mart kuni O`zbekiston Milliy Bankining Tasviriy san`at galereyasida, Bolgariya Respublikasi elchixonasi hamkorligida “Yagona osmon ostida” nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

2 yanvar 2007 yil
Polsha davlati bilan umumiy tovar aylanmasi 600 mln. AQSh dollaridan oshishi mumkin 29.12.2006 12:44:16

17 oktyabr 2006 yil
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo`yicha foiz stavkalari 2006 yil 12 oktyabrdan boshlab pasaytirilganligini ma`lum qiladi:

Boshqa yangiliklar

O'R MB
Valutalar kurslari
Davlat valutalar kursalari:
USD  

1361.12

RUB  

49.79

EUR  

1707.39


Tijorat valutalar kursalari:
  Olish: Sotish:
GBP2003.00

2033.00

USD1368.00

1371.00

EUR1708.00

1733.00

JPY1407.50

142.50


Davlat Hokimiyati Portali


Notice: Undefined variable: temp_arr in C:\site\nbu-uz\common\statistics.php on line 99
Rambler's Top100

Diling operatsiyalari bo'yicha savollar va javoblar

1. FOREX degani nima?
2. Savdo maqsadi
3. Valutalarni belgilash
4. Kotirovkalar qanday o'qiladi?
5. BID va ASK narxlari

1. FOREX degani nima?

FOREX (Foreks) bozori - banklararo bozor bo'lib, u xalqaro savdo aniq qayd etilgan valuta kurslaridan o'zgaruvchan kurslarga o'tganida, 1971 yilda shakllangan. Bunda bir valutaning boshqa valutaga nisbatan kursi oddiygina belgilanadi, ya'ni har ikki tomon rozi bo'lgan kurslar nisbati bo'yicha valuta almashiniladi. O'z hajmiga ko'ra mazkur bozor boshqa barcha bozorlardan katta hisoblanadi. Masalan, qimmatli qog'ozlar bozorining jahondagi kundalik hajmi qariyb 300 milliardni tashkil etadi. Holbuki, Forex bozorining kunlik hajmi 1-3 trillion dollar deb baholanadi.

Qolaversa, Forex aslida biz ko'nikkan ma'nodagi "bozor" ham emas. Uning aksiyalar yoki valuta fyucherslari kabi aniq savdo qilinadigan joyi yo'q. Forex bozorida savdo bir yo'la butun jahondagi yuzlab banklarda telefon va komputer terminallari orqali o'tadi.

Bundan tashqari, fyuchers va fond bozorlarining yana bir jiddiy farqi va ayni paytda cheklovi bor - bunda savdo kun oxirida to'xtatilib, faqat keyingi kuni ertalab davom ettiriladi. Shu bois, agar siz Rossiya bozorida savdo qilayotgan, bozor uchun muhim ayrim voqealar esa AQShda yuz bergan bo'lsa, u holda ertalab bozor ochilishidagi holat siz kutganingizga mutlaqo to'g'ri kelmasligi mumkin. Forex bozori kecha-yu kunduz 24 soat mobaynida ishlaydi va valuta ayirboshlash butun ish haftasi davomida to'xtamaydi. Amalda soat mintaqalarining har birida (ya'ni, London, Nyu York, Tokio, Gonkong, Sidney va boshqa joylarda) valutani kotirovkalash istagida bo'lgan dilerlar bor.

2. Savdo maqsadi

Har qanday bozorda savdoning maqsadi - tovarni arzonroq sotib olish va qimmatroq sotish. Xalqaro valutalar bozori - FOREX (Foreks) ham bundan mustasno emas. Bu bozorda turli mamlakatlar valutalari kurslari tovar vazifasini bajaradi. Boshqa har qanday tovar kabi valutalarning ham o'z narxi bor. Turli mamlakatlardagi sheriklar o'rtasida hisob-kitoblarni, davlatlararo hisob-kitoblarni, chayqov bitimlari va boshqa operatsiyalarni bajarish uchun butun dunyodagi banklar FOREX bozorida valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiradilar. Turli savdo, iqtisodiy va boshqa ko'rsatkichlarga, Markaziy banklarning hisob stavkasi, siyosatiga, kun vaqtiga, birja o'yini ishtirokchilarining nimani afzal ko'rishlari va kutishlariga, xilma-xil ko'plab sabablarga qarab, o'zaro kotirovkalar, ya'ni valutalar narxlari doimiy harakatda bo'ladi.

Sizning vazifangiz - valuta narxi o'zgarishi yo'nalishini aniqlashga urinish va narxi oshayotgan valutani sotib olish yoki narxi tushayotgan valutani sotib yuborish, shundan keyin aksincha bitim tuzib, foyda olish.

Bizning diling markazimiz sizga real vaqt rejimida FOREX bozori ishtirokchisi bo'lgan turli banklar va jahondagi eng katta birjalar valutalari kotirovkalarini olish imkonini beradi. Ayni paytda sizda har bir valuta joriy narxlaridagi o'zgarishlar grafigi tuziladi, shuningdek kelgusida valutalar kotirovkalariga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatadigan yohud ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan eng yangi iqtisodiy yangiliklarni olasiz.

3. Valutalarni belgilash

Har bir valutaga uch harfdan iborat kod beriladi. Masalan, AQSh dollarining kodi - USD (United States Dollar), yevro kodi - EUR (EURo), Shveytsariya franki - CHF (Confederation Helvetica Franc), yapon yenasi - JPY (JaPanese Yen), Angliya funti - GBP (Great British Pound). Valutalar kodlari ISO-4217 andozasi bilan belgilanadi. Qoida tariqasida, ular mamlakatning ikki harfli ISO-3166 kodi va valutaning birinchi harifidan tarkib topadi. Qoidadan chetlashishlar juda kam bo'ladi, xususan yevropa valutasi - euro amalda EUR sifatida, rubl esa RUR emas, balki RUB qilib belgilanadi.

Valutalar kurslari turli mamlakatlar pul birliklarining bir-biriga nisbatini ko'rsatadi. Kurslar kodlari valutalarning ikkita uch harfli kodlaridan iborat 6 harfli so'zlarda ko'rsatiladi. Birinchi o'rinda, qoida tariqasida, kuchliroq valuta kodi turadi. Kotirovkalar birinchi valutaning bitta birligiga to'g'ri keladigan ikkinchi valuta birligida ifodalanadi. Masalan, USDCHF (USD-CHF) kotirovkalari bir AQSh dollari uchun to'lanadigan Shveytsariya franklari sonini ko'rsatadi, GBPUSD (GBP-USD) kotirovkalari esa, aksincha, 1 britaniya funti uchun qancha AQSh dollari to'lanishi kerakligini ifodalaydi.

4. Kotirovkalar qanday o'qiladi?

Kotirovkalar, qoida tariqasida, besh xonali raqamda ifodalanadi. Masalan, USDJPY = 121.44 deb yozilgan bo'lsa, bu 1 AQSh dollari 121.44 yapon yenasi narxida baholanganini (ya'ni, xarid yoki sotuv vaqtida 1 dollar uchun shuncha yena to'lashga tayyor ishtirokchilar borligini) bildiradi. Ayni paytda, GBPUSD = 1.6262 ko'rsatkichi 1 britaniya funti 1.6262 AQSh dollari qiymatida baholanganini bildiradi. Umuman, agar kotirovka XXXYYY = Z bo'lsa, bu holat XXXning bir birligi uchun YYYning Z birligini berishlarini bildiradi.

Kotirovka o'zgargan hollarda, masalan, USDJPY = 121.44 ko'rsatkichi USDJPY = 121.45 ko'rsatkichiga yoki GBPUSD = 1.6262 ko'rsatkichi o'zgarib, 1.6263ga aylanganda, narx 1 bandga o'zgaribdi, deyiladi. Yuqorida aytilganlardan xulosa chiqarish mumkinki, ushbu misolda yena 1 band ARZONLAShDI, funt esa 1 band QIMMATLAShDI. Ba'zan kotirovkalar juft qilib, masalan, 121.44/49 shaklida ko'rsatiladi. Yozuvning bunday shakli BID/ASK juftligini bildiradi. Dastlab BID ko'rsatkichi yoziladi, keyin ASK kotirovkasining oxirgi ikki raqami beriladi. BIDga nisbatan ASK kattaligini va ular orasidagi farq 100 banddan oshmasligini bilganimiz uchun, hamisha ikkinchi kotirovka ko'rsatkichini aniq belgilay olamiz. Ushbu holatda ASK=121.49.

Grafiklarni kuzatayotganda faqat yevro (EURUSD) va Britaniya funti (GBRUSD) grafiklari ular narxlarining haqiqiy harakatini aks ettiradi (ya'ni, grafik ko'tarilsa, narx oshadi), boshqa valutalar o'sishi esa (ya'ni, grafik egri chizig'i yuqoriga harakatlanishi) ular kotirovkalari (narxlari) oshganini emas, balki pasayganini ko'rsatadi.

5. BID va ASK narxlari

Ma'lumki, har qanday bitim muayyan va aniq narxda bajariladi.

FOREX bozorining har bir ishtirokchisi har bir konkret bitimda muayyan valuta SOTUVChISI yoki XARIDORI bo'ladi. Bunda sotuvchi valutani qimmatroq, masalan, GBPUSD 1.6325dan taklif qiladi, xaridor esa valutani arzonroq, masalan, GBPUSD 1.6322dan sotishni so'raydi. Tegishlicha, sotuvchining taklif narxi ASK, xaridor narxi esa BID deyiladi. Shu tufayli, agar siz GBPUSD qimmatlashadi, deb o'ylasangiz (sizning grafigingizda GBPUSD egri chizig'i yuqoriga ko'tarilayapti), u holda siz funtni hali arzonligida sotib olishga va keyin qimmatroqqa sotishga qaror qilasiz. Valutani faqat ASK narxida taklif qiladigan sotuvchidan xarid qilish (bu operatsiya BUY deyiladi) mumkin. Funtni sotayotganingizda (bu operatsiya SELL deb ataladi) xaridor uning uchun BID bo'yicha narxni taklif qiladi (bu barcha valutalar uchun adolatlidir). Shundan aniq ko'rinib turibdiki, agar siz pozitsiyani OChGAN (bu operatsiya OPEN deyiladi), ya'ni BUY GBPUSD qilgan bo'lsangiz va shu zahoti uni YoPIShNI istasangiz (bu operatsiya CLOSE deyiladi), ya'ni hozirgina sotib olingan funtlarni sotmoqchi bo'lsangiz, u holda siz bu ishni, har qanday ayirboshlash punktida bo'lganidek, faqat o'z zararingizga qilishingiz mumkin. Demak, foyda olish uchun valuta narxi siz o'ylagan yo'nalishda BID va ASK o'rtasidagi tafovutdan ham ko'proq ortishi kerak. Uchinchi son LAST deyiladi. FOREX bozorida bu - oxirgi BID bilan ASK orasidagi o'rtacha ko'rsatkichdir.

Yuqorida bayon etilganlarga xulosa qilib aytishimiz mumkinki, USDCHF va USDJPY uchun PASAYISh pozitsiyasi OChILIShI (ya'ni, BUY) BID narxida, YoPISh esa ASK narxida yuz beradi. Tegishlicha, OShIRISh uchun pozitsiya OChILIShI (ya'ni, SELL) ASK narxida, YoPISh esa BID narxida yuz beradi. GBPUSD va EURUSD uchun OPEN BUY (yuqoriga) ASK narxida, CLOSE esa BID narxida; OPEN SELL (pastga) BID narxida, CLOSE esa ASK narxida yuz beradi.