Yillik hisobot - 2003
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining
asosiy yakunlari va tamoyillari
2003 yil O'zbekiston iqtisodiyoti
va uning moliya tizimi uchun tarkibiy iqtisodiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish yo'lida navbatdagi qadam bo'ldi. Mamlakatimiz
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yildagi
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2003 yilda iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlariga bag'ishlangan
majlisida Prezident I.Karimov belgilab bergan iqtisodiy taraqqiyotning
ustuvor yo'nalishlariga asoslanib, makroiqtisodiy va moliyaviy
barqarorlikni mustahkamlab, barqaror va jo'shqin rivojlandi.
Respublikamiz oktyabr oyida joriy
operatsiyalar bo'yicha milliy valyuta konvertatsiyalanishini
ta'minlash yuzasidan barcha majburiyatlarni qabul qilganligi
2003 yildagi eng muhim iqtisodiy voqyealardan biri bo'ldi.
Eksport-import operatsiyalari bo'yicha korporativ tuzilmalar
uchun ham, jismoniy shaxslar uchun ham valyuta ayirboshlash
operatsiyalari bilan bog'liq so'nggi cheklovlar bekor qilindi.
Ayirboshlash kurslari birxillashtirildi.
O'zbekistonda 2003 yilda iqstiodiyotni
yanada erkinlashtirish va isloh etish yo'lida izchil ish olib
borildi. Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiyot o'sishining
barqaror sur'atlari ta'minlandi. Yalpi ichki mahsulot (YAIM)
4,4%, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmlari 6,2%, iste'mol
mollari ishlab chiqarish 8,4%, pulli xizmatlar 7,9% ko'paydi.
Asosiy sarmoyaga investitsiyalar 4,5% o'sdi. 2003 yilda davlat
byudjeti ijrosidagi taqchillik YAIMga nisbatan 0,4%ni tashkil
etdi.
Byudjet va soliq siyosatini erkinlashtirish
ishlari izchillik bilan olib borildi. Foyda solig'i stavkasi
24%dan 20%ga, ijtimoiy sug'urta uchun ajratmalar 37,3%dan
35%ga tushirildi, soliqlarning ayrim turlari bekor qilindi.
Fiskal ushlanmalar darajasi 2002 yilda YAIMga nisbatan 33,2%ni
tashkil etgan bo'lsa, 2003 yilda bu ko'rsatkich 32,5% bo'ldi.
Pul-kredit siyosatini qattiqlashtirish,
naqd pullar bankdan tashqarida aylanishini qisqartirish hamda
pul massasi hajmlarini maqbullashtirish borasida aniq maqsadli
tadbirlar amalga oshirildi. Natijada yillik o'rtacha pul massasi
YAIM hajmiga nisbatan 10,9%gacha qisqardi.
Pul qadrsizlanishi darajasi keskin
pasaydi. Bu ko'rsatkich 2002 yilda 21,6% bo'lgan edi, 2003
yilda esa 3,8%ni tashkil etdi. Aholining real daromadlari
12,3%, tijorat banklaridagi omonatlarda turgan depozitlar
44%, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan
kreditlar 2,3 baravar ko'paydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat qizg'inlashdi.
Tashqi savdo oboroti hajmi 17,3%, eksport hajmi 24,6% o'sdi.
Tashqi savdo oborotining ijobiy saldosi 760 mln. AQSh dollaridan
ko'proq bo'ldi.
Faol, chuqur o'ylangan investitsiya
siyosati yuritildi. 2003 yilda mamlakat iqtisodiyotiga qariyb
2 trillion so'm investitsiya qilindi. Bu esa 2002 yildagidan
4,5% ko'p. Markazlashtirilmagan investitsiyalarning kapital
qo'yilmalar tarkibidagi ulushi 63%ni tashkil etdi. 2002 yilda
bu ko'rsatkich 57% edi.
Rasmiy xususiylashtirishdan real
xususiylashtirishga, uning mexanizmini takomillashtirishga
o'tish borasida konkret qadamlar qo'yildi. 2003 yilda 2015ta
obyekt va aksiyalar to'plamlari sotildi. Bu esa, 2002 yildagiga
nisbatan 1,6 baravar ko'p. Davlat mulki negizida 980tadan
ortiq xususiy korxona va qariyb 400ta mulkchilikning boshqa
nodavlat shaklidagi korxonalar tashkil qilindi. Xorijiy investorlardan
tushgan mablag'lar hajmi 3,4 baravar ko'paydi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
jo'shqin rivojlandi. Kichik biznesning YAIMdagi ulushi 35,5%ga
yetdi, kichik biznes korxonalarida ishlovchilarning iqtisodiyotda
ishlovchilar umumiy hajmidagi qiyosiy salmog'i 57,0%dan ko'proqni
tashkil etdi.
2003 yilda korporativ obligatsiyalar
uyushgan bozori faol rivojlandi. Undagi kapitallashuv 21 mlrd.
so'mdan oshdi. Agar 2002 yilda korporativ obligatsiyalarni
sotishga mo'ljallangan birja maydonida besh emitentning qarz
qog'ozlari bilan bitimlar amalga oshirilgan bo'lsa, 2003 yilda
emitentlar ro'yxati ikki baravar ko'paydi. Butun 2002 yil
mobaynida maxsus maydonda obligatsiyalar bilan bajarilgan
bitimlar hajmi 915,5 mln. so'mni tashkil etgan edi. 2003 yil
15 dekabrga kelib esa, bu ko'rsatkich 3,6 mlrd. so'mdan oshdi.
Bozorda daromadliligi yiliga 18%dan 31%gacha bo'lgan korporativ
obligatsiyalar aylanmoqda. Korporativ obligatsiyalar bozori
rivojlanishida Milliy bank ham katta rol o'ynadi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda jahondagi
90 mamlakatga mansub xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
3 mingga yaqin korxona ishlab turibdi. Shu korxonalarning
20%dan ko'prog'i - 100 foizlik xorijiy sarmoya bilan tashkil
etilgan korxonalardir.
2003 yilda O'zbekistonda xalqaro
moliya tashkilotlari bilan hamkorlik jadallashtirildi. Islom
taraqqiyot banki (ITB) bilan hamkorlik faollashdi. Noyabr
oyida ushbu bank homiyligida Toshkentda Markaziy Osiyoda iqtisodiy
hamkorlik bo'yicha ikkinchi vazirlar konferensiyasi o'tkazildi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki
va Xalqaro moliya korporatsiyasi kabi xalqaro moliyaviy-iqtisodiy
tashkilotlar O'zbekistondagi eng faol xorijiy investorlarga
aylandi. O'zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmining
22 foizidan ko'prog'i ular ulushiga to'g'ri keladi.
Mamlakat rahbariyati puxta o'ylangan
va izchil iqtisodiy siyosat yuritishi natijasida O'zbekiston
Respublikasi aholisining farovonligi oshdi. Holbuki, respublikamiz
aholisi 2004 yil 1 yanvarga kelib 25,8 mln. kishini tashkil
etdi. Bu esa 2003 yildagi shu ko'rsatkichga nisbatan 273,4
ming kishiga ko'p.
O'zbekiston aholisining nominal pul
daromadi 2003 yilda 2002 yildagiga nisbatan 23,9% oshib, 6438,3
mlrd. so'mni tashkil etdi, pulli xarajatlar va jamg'armalar
17,4% ko'payib 6160,7 mlrd. so'mga yetdi. O'tgan yilda aholining
daromadlari uning xarajatlariga nisbatan 277,6 mlrd. so'm
ko'proq bo'ldi. 2002 yil yakunlariga ko'ra bu ko'rsatkich
salbiy bo'lib, 51,4 mlrd. so'mni tashkil etgan edi.
O'tgan yilda mehnat resurslarining
yillik o'rtacha miqdori 2002 yildagiga nisbatan 3,2% ko'payib,
13597,0 ming kishini tashkil etdi, iqtisodiy faol aholi esa,
2,7% ko'payib, 9621,2 ming kishiga yetdi.
Quyidagilar 2004 yildagi rivojlanishning
bosh yo'nalishlari sifatida belgilandi:
|
Iqtisodiyotni
yanada erkinlashtirsh, milliy valyutani mustahkamlash
yo'lidagi harakatni yanada kuchaytirish, xo'jalik yurituvchi
subyektlar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish; |
|
Xususiylashtirish
jarayonlariga yangi jo'shqinlik baxsh etish, xususiy sho'baning
iqtisodiyotdagi ulushi va miqyosini kengaytirish; |
|
Qishloq
xo'jaligida fermerlik harakatini rivojlantirishga, shartnomaviy
intizomni mustahkamlashga, fermer va dehqon xo'jaliklari
yetishtirgan qishloq xo'jaligi mahsuloti tayyorlash tizimi
tashkil etilishini yaxshilashga qaratilgan bozor islohotlarini
yanada chuqurlashtirish; |
|
Iqtisodiyotga davlat
aralashuvini keskin qisqartirish va cheklashga, boshqaruv
tuzilishi va tizimini tubdan o'zgartirishga, boshqaruvning
keraksiz bo'g'inlarini tugatishga qaratilgan ma'muriy
islohotlarni amalga oshirish; |
|
Eski ma'muriy-buyruqbozlik,
markazlashgan tarzda taqsimlash tizimini tugatish, moddiy
resurslarni birjalar, auksionlar, yarmarka savdolari orqali
sotish bozor mexanizmlariga o'tish; |
|
Xizmat ko'rsatish
va servis sohasini, ayniqsa qishloq joylarda jadal rivojlantirish; |
|
Umumta'lim maktablari
tarmog'ini, umumiy o'rta ta'lim tizimini yanada rivojlantirish
va mustahkamlash; |
|
"Mehr va muruvvat
yili" kompleks dasturini amalga oshirish yuzasidan
tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni
o'tkazish. |
2003 yildagi Milliy bank faoliyatining asosiy
yakunlari
Milliy bank faoliyati davlatimiz iqtisodiyotida
yuz berayotgan barcha jarayonlar va o'zgarishlar bilan bevosita
o'zaro bog'liq.
Uning faoliyatidagi bosh yo'nalish
hamisha eksportga mo'ljallangan va import o'rnini bosuvchi
tovarlar ishlab chiqarish uchun mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy
investitsiyalarni jalb etish, shuningdek keng doiradagi va
yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlari ko'rsatish bo'lib
kelgan va hozir ham shunday bo'lib qolmoqda.
Bank tomonidan moliyaviy jihatdan
qo'llab-quvvatlangan investitsiya loyihalari milliy iqtisodiyotning
ko'plab tarmoqlarini tarkiban chuqur qayta qurishda qatnashayapti.
Bular energiya resurslari va metallarni qazib olish hamda
qayta ishlash, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik va kimyo sanoati,
transport, aloqa va sayyohlik infrastrukturasi, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish kabilar hamda umuman
mustaqil o'zbekistonning yangi iqtisodiyotini shakllantirish
imkonini bergan barcha sohalardir.
Shu bois, kreditlash doimo Milliy
bank biznesining bosh yo'nalishi hamda Bank balansi tuzilishining
asosini tashkil etayapti.

Umumdavlat boshqaruv idoralari hamda
respublika rahbariyati katta e'tibor berishi va qo'llab-quvvatlashi
xususiy tadbirkorlik faol rivojlanishini rag'batlantirdi.
Bu holat aholi farvonligi umuman o'sishiga va bank sho'basiga
bo'lgan ishonch mustahkamlanishiga bevosita yordam berdi.
Ushbu jarayon Bank kredit portfeli
tarkibidagina emas, ayni paytda uning resurs bazasida ham
haqli ravishda o'z aksini topdi. Bunda jismoniy shaxs bo'lgan
xususiy tadbirkorlar va omonatchilar guruhiga to'g'ri keladigan
ulush ancha ko'paydi.
Bank tomonidan 2003 yilda taklif qilingan
yangi mahsulot va xizmatlar mustahkamlanib borayotgan tadbirkorlar
sinfiga hamda aholi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.
Zero, ularning mablag'lari va moliyaviy operatsiyalari bank
obortiga tobora ko'proq jalb etilmoqda.
Yirik korporativ mijozlarninggina
emas, ayni paytda xususiy omonatchilarning ham talablarini
e'tiborga olib, Bank yangi vositalar va xizmatlarni, usullar
va mexanizmlarni joriy etmoqda. Bu ish natijalari mijozlar
bazasini ancha kengaytirish imkonini berdi: 2003 yil yakunlari
bo'yicha xizmat ko'rsatilayotgan mijozlar soni 427 mingga
yetdi (2002 yilda bu ko'rsatkich 356 ming edi). Mijozlar ishonchi
ortishining asosiy sababi Bank universal moliya muassasasi
sifatida doimiy rivojlanayotgani, uning yuksak darajadagi
xizmatlari bir maqsad - bank bilan hamkorlikni mijozlar uchun
samarali va qulay qilishga qaratilganidadir. Milliy bank an'anaviy
tarzda har bir mijozga moslashuvchan va ko'p hollarda individual
yondashib, ularning ehtiyojlariga yanada ko'proq mos keladigan
tur va darajadagi xizmatlarni taklif etayapti.
Iqtisodiy siyosatni erkinlashtirishga
qaratilgan tarkibiy islohotlar yanada chuqurlashtirilishi
bankning jamlama ko'rsatkichlari o'zgarishiga qonuniy ta'sir
ko'rsatdi.
Shuni ta'kidlash lozimki, respublika
valyuta rezervlarini boshqarishni Markaziy bank o'z qo'liga
olgani natijasida Milliy bank balansining faqat miqdoriy ko'rsatkichlari
o'zgardi, xolos. Zero, Bank tijorat operatsiyalari va davlat
rezervlarini boshqarishning konservativ hamda alohida idora
etish prinsiplariga tayanib kelgan edi.
Milliy bank ham taraqqiyot banki,
ham universal tijorat banki funksiyalarini bajarishi hisobga
olinsa, milliy valyuta kursi o'zgartirilib, u barcha turdagi
operatsiyalar uchun birxillashtirilishi bank aktivlari sifat
jihatidan o'zgarishiga ta'sir ko'rsatdi. Shu munosabat bilan
Bank xatarlarni boshqarish siyosatiga o'zgartish kiritdi.
Bu, avvalo, makroiqtisodiyot, bozor rivojlanishining turli
modellari hamda konkret qarz oluvchilarning moliyaviy ahvolidan
kelib chiqib, ehtimoliy yo'qotishlarning oldi olinishi va
minimallashtirilishini ta'minlaydigan bank amaliyotida qo'llaniluvchi
vositalar kengaytirilishini va butun chora-tadbirlar kompleksi
kuchaytirilishini o'z ichiga oladi.
2001 yildan boshlab Bank xatarlarni
boshqarish tizimini bosqichma-bosqich qattiqlashtirib kelmoqda.
Natijada 2002 yilda kredit portfeli, jumladan Hukumat kafolatlagan
kreditlar jiddiy qayta baholandi, kreditlar qaytarilmasligi
xatari uchun rezervlar shakllantirildi. Bank balansi Bank
nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining Sarmoya to'g'risidagi
yangi bitimi (Bazel II) prinsiplari asosida modellashtirib
ko'rilganda ham Bank kuchli kapitallashgan baza tufayli yetarli
darajadagi mustahkamlik zaxirasiga egaligi ma'lum bo'ldi.
Hozirgi daraja BIS 31,3%ga teng bo'lgan holatda balansning
turli modellari bo'yicha sarmoya yetarliligi variantlari orasida
eng past ko'rsatkich 11% bo'lsa, eng yuqorisi 15,8%ni tashkil
etadi. Bank yangi prinsiplar talablarini, biznes diversifikatsiyalanishi
hamda resurs bazasi mustahkamlanishini hisobga olib, xatarlarni
boshqarish dasturini ishlab chiqdi.
Bank asosiy ko'rsatkichlari dinamikasi
tahlili bir qancha tashqi omillar ta'siri tugashi, jumladan
oltin-valyuta rezervlari boshqarish uchun O'zmarkazbankka
topshirilgani munosabati bilan balans barqarorlashuvidan dalolat
bermoqda. Bundan tashqari, milliy valyuta mustahkamlanishi,
iqtisodiyot barqarorlashuvi va amaliy faollik o'sishi, moliyaviy
intizom mustahkamlanishi, pul mablag'lari bankdan tashqarida
aylanishining qisqarishi, aholining bank tizimiga bo'lgan
ishonchi ortishi ham bu ishda yordam berdi.
O'zbekiston Respublikasi
Tashqi Iqtidodiy Faoliyat Milliy Banki balansining asosiy
ko'rsatkichlari
| |
Ekv.
mlrd. so'm |
Ekv.
ming $ |
Ekv.
mln. so'm |
Ekv.
ming $ |
|
| 2000 |
1
339 |
3
913 019 |
156
643 |
661
707 |
|
|
2001 |
2 717 |
3 799 000 |
297 096 |
639 000 |
|
| 2002 |
3
265 |
3
102 000 |
408
885 |
502
000 |
|
| 2003 |
3
275 |
3
065 000 |
435
715 |
512
000 |
|
Bank balansida milliy valyutada bajarilgan
operatsiyalar summasi o'tgan yildagiga nisbatan 20% ko'payib,
385 mlrd. so'mni tashkil etdi. Hisobot yilida Milliy valyutadagi
operatsiyalar va omonatlar hajmi ancha ko'paygani O'zbekiston
ichki bozoridagi amaliy faollik o'sganidan, shuningdek korxonalarning
ishchi sarmoyasi va moliyaviy ahvoli tiklanganidan dalolat
bermoqda.
Bank 2003 yilni foyda bilan yakunladi
va uning sarmoyasi quyidagicha o'sdi.
Bankning xorijiy valyutadagi tijorat
aktivlarida o'zgarish yuz bermadi. Bank balansining 80%dan
ko'prog'ini xorijiy valyutadagi aktivlar egallab turgani munosabati
bilan balans AQSh dollariga o'girildi.
Bank xususiylashtirish arafasida turganligi
ham uning sarmoyani boshqarish borasidagi siyosatini belgilab
bergan muhim omil bo'ldi. Potensial investor uchun investitsion
jozibadorlikni oshirish Bankdan ustav sarmoyasi va shakllantiriladigan
rezervlarning eng maqbul hajmi belgilanishini talab qiladi.
Кorporativ bank
Milliy bank O'zbekiston bozorida korporativ
mijozlarga xizmat ko'rsatish borasida peshqadamlik qilmoqda.
Davlat statistika departamentidan olingan ma'lumotlarga qaraganda,
respublikamiz hududida qariyb 250 mingta korxona va tashkilot
ishlab turibdi. Milliy bank 44,2 ming xo'jalik yurituvchi
subyektga yoki jami korxona va tashkilotlarning deyarli beshdan
bir qismi (18%)ga xizmat ko'rsatayapti.
Keyingi yillarda Bank korporativ
mijozlar bilan munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichiga
o'tdi. Bu borada Bank ularning har biriga individual tarzda
yondashish hamda sohalar bo'yicha bank mahsulotlarini taklif
etish prinsiplari asosida ishlayapti. Buning natijasida Milliy
bankning korporativ mijozlari soni doimiy orta borib, 2003
yilda 7%dan ziyod ko'paydi. Bankning eng katta mijozlari quyidagi
tarmoqlarga mansub korxonalardir:
|
qora metallurgiya; |
|
rangli
metallurgiya; |
|
tog'-kon
sanoati; |
|
elektr
energetikasi; |
|
qurilish; |
|
neft qazib
olish va qayta ishlash; |
|
transport
sohasi; |
|
to'qimachilik,
oziq-ovqat sanoati va chakana savdo sohalari.. |

Bank yuksak obro'ga egaligi, mijozlarga
sifatli xizmat ko'rsatishi hamda "Bank-mijoz" masofadan
xizmat ko'rsatish tizimi, oborot sarmoyasi va asosiy sarmoyani
moliyalash, konversiya xizmatlari, investitsiya xizmatlari,
kredit yo'nalishlari, savdoni moliyalash kabi va boshqa keng
doiradagi bank xizmatlarini taklif etayotgani korxonalar Milliy
bank muassasalari xizmatidan foydalanishga o'tishlariga sabab
bo'lmoqda.
2003 yilda jalb etilgan mijozlar
tarkibida kichik biznes korxonalari qiyosiy salmog'i o'sishi
yaqqol ko'zga tashlanmoqda (39%). Iqtisodiyotning ushbu sho'basida
O'zbekiston aholsining aksariyat qismi mehnat qilib, daromad
olmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fuqarolarga
mulkdor, jumladan ishlab chiqarish maqsadlaridagi mulk egasi
bo'lish imkonini berib, o'rta sinfni, ya'ni jamiyat barqarorligi
hamda taraqqiyotini ta'minlovchi ijtimoiy qatlamni vujudga
keltirmoqda.

Fermer xo'jaliklarining jalb etilgan
mijozlar tarkibidagi katta qiyosiy salmog'i (24%) Fermer xo'jaliklarini
rivojlantirish konsepsiyasi bo'yicha chora-tadbirlar dasturi
hamda Qishloq joylarda ishlab chiqarish va bozor infrastrukturasini
rivojlantirish dasturi amalga oshirilishining natijasi bo'ldi.
2003 yil boshida Bankda Korporativ
mijozlar bilan munosabatlarni rivojlantirish kengashi tashkil
etildi. Bu kengashning vazifasi strategik muhim korporativ
mijozlarga individual yondashuv, taqdim etilayotgan bank mahsulotlari
va xizmatlari samaradorligi hamda sifatini oshirish, Bank
bilan mijoz o'rtasidagi hamkorlikning turli jihatlariga doir
muammo va masalalarni o'z vaqtida hal qilishdan iborat.
Kredit faoliyati
Bank kredit siyosati O'zbekiston iqtisodiyotining
ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishda har tomonlama ko'maklashishga
qaratilgan.

Kredit portfeli hajmi 2003 yilda 93,2
mlrd. so'm ko'payib, 2004 yil 1 yanvardagi holatga ko'ra 2.312,3
mlrd. so'mni (ekvivalentda 2,4 mlrd. AQSh dollarini) tashkil
etdi. Kredit portfelining asosiy ulushi o'rtacha va uzoq muddatli
kreditlardan iborat bo'lib, ularning qiyosiy salmog'i 84,5%ni
tashkil etdi (2003 yil 1 yanvrda bu ko'rsatkich 84,3% edi).
Xorijiy valyutada kreditlash manbalarining
86,1%ni xorijiy banklarning takror moliyalangan mablag'lari
va 13,9%ni Bankning o'z mablag'lari, milliy valyutada 68,0%ni
Bankning o'z mablag'lari va 32,0%ni turli fondlarning jalb
etilgan resurslari tashkil qildi.
Bank 2003 yilda kredit portfelini
monitoring qilish tizimini mustahkamlash yuzasidan katta chora-tadbirlarni
amalga oshirdi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish zarurki, Bank
iqtisodiyot taraqqiyotining o'tish davrida xo'jalik yurituvchi
subyektlarga ta'sir ko'rsatadigan omillarni hisobga oluvchi
hamda qanday bo'lmasin kreditlarni qaytarish emas, balki qarz
oluvchilarning ishlab chiqarishni boshqarishi va moliyaviy
oqimlarini maqbullashtirishdan iborat bosh maqsadga qaratilgan
moslashuvchan kredit siyosati yuritdi. Bank, shuningdek, kreditlar
qaytarilmasligi xatari uchun shakllantiriladigan rezervlarga
foydadan ajratmalar me'yorlarini muntazam ravishda qayta ko'rib
chiqmoqda.
Ana shu barcha chora-tadbirlar 2003
yilda kreditlar sifatida va qarz oluvchilar bank oldidagi
o'z majburiyatlarini bajarishlarida ijobiy o'sishga erishilishida
yordam berdi.
Лойиhаларни молиялаш
Bank faoliyatining eng murakkab turlaridan
biri loyihalarni moliyalashdir. Milliy bank juda katta ish
tajribasiga ega. U yirik investitsiya loyihalarining ham,
kichik biznes loyihalarining ham aksariyatida moliyalash tashkilotchisi
bo'lgan. Loyihalarni moliyalash iqtisodiyot restrukturizatsiyalanishini
ta'minlaydi hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik va
o'z xarajatlarini oqlash prinsiplariga asoslanadi.
Chunonchi, 1993-2003 yillarda Milliy
bank xorijiy kredit yo'nalishlari, markazlashgan va o'ziga
tegishli resurslar doirasida umumiy kredit ehtiyoji 4,5 mlrd.
AQSh dollari (ekvivalentda) bo'lgan 169ta yirik investitsiya
loyihasini moliyaladi. Tarmoqlar bo'yicha bu quyidagi ko'rinishga
ega:
|
| Tarmoq
nomi |
Loyi-halar
soni |
Loyihalar
umumiy qiymati |
O'zmilliy-bank
kreditlari summasi |
Berilgan
kreditlar umumiy summasiga nisbatan %da |
|
|
Jami: |
169 |
6
817,0 |
4
763,5 |
100 |
|
| Jumladan tarmoqlar
bo'yicha: |
|
|
|
|
|
| Yoqilg'i-energetika
kompleksi |
6 |
1343,7 |
597,0 |
12,61 |
|
| Tog'-kon sanoati |
6 |
288,6 |
96.9 |
1,41 |
|
| Kimyo
sanoati va mineral o'g'itlar ishlab chiqarish |
10 |
391,4 |
341,7 |
7,22 |
|
| Metallurgiya kompleksi |
11 |
200,0 |
116,7 |
2,47 |
|
| Yengil
va to'qimachilik sanoati |
17 |
620,5 |
412,7 |
8,72 |
|
| Agrosanoat kompleksi |
22 |
636,9 |
584,4 |
12,35 |
|
| Qurilish
materiallari |
7 |
113,7 |
99,0 |
2,09 |
|
| Transport infrastrukturasi |
18 |
1
325,7 |
1
144,4 |
24,18 |
|
| Xizmat
ko'rsatish sohasi va sayyohlik |
15 |
559,3 |
397,5 |
8,40 |
|
| Dori-darmon sanoati |
10 |
102,7 |
81,7 |
1,73 |
|
| Aloqa
va elektronika infrastrukturasi |
16 |
555,0 |
446,7 |
9,44 |
|
| Sellyuloza-qog'oz
sanoati |
10 |
72,6 |
46,6 |
0,98 |
|
| Oziq-ovqat
sanoati |
13 |
206,2 |
131,4 |
2,78 |
|
| Mashinasozlik
kompleksi |
5 |
283,4 |
156,0 |
3,30 |
|
| Boshqa
tarmoqlar |
3 |
117,1 |
110,6 |
2,34 |
|
2003 yil mobaynida Bank umumiy summasi
3,77 mlrd. AQSh dollarini (ekvivalentda) tashkil etadigan
103 investitsiya loyihasi bo'yicha 161ta kredit yo'nalishi
yuzasidan xizmat ko'rsatdi.
Bundan tashqari, Milliy bank kommunal
xo'jalik, transport, kon-metallurgiya sanoati, agrosanoat
kompleksi, to'qimachilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan
loyihalar bo'yicha xorijiy banklar bilan bir qancha qarz bitimlari
imzoladi.
Valyutalar turlari bo'yicha xorijiy
qarzlar portfeli strukturasi mahsulot yetkazib beruvchilar
geografiyasini ko'rsatadi:
|
Moliyalash
manbai |
Valyuta
|
%% |
|
AQSh,
Buyuk Britaniya, Germaniya, Jan. Koreya, Finlyandiya,
Norvegiya, Isroil, Chexiya, Turkiya |
AQSh
dollari |
55,61 |
|
Yevropa
ittifoqi mamlakatlari |
Yevro |
26,41 |
|
Yaponiya |
Yyena |
9,66 |
|
|
Boshqa
valyutalar |
8,32 |
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
kreditlash
Kichik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash
Milliy bank faoliyatida hamisha ustuvor o'rin tutib kelgan.
Tadbirkorlar valyuta resurslaridan foydalana olishini ta'minlash
uchun Milliy bank 1993 yildan buyon YETTB, OTB, XMK, KFV,
OPEK Fondi kabi xalqaro moliya muassasalari kredit yo'nalishlarining
mablag'larini takror moliyalab kelmoqda. Hozirgi vaqtda ITB
bilan tuziladigan bitim shartlari ishlab chiqilayapti.
Xorijiy kredit yo'nalishlari doirasida
umumiy qiymati 394,4 mln. AQSh dollari bo'lgan 140 loyiha
moliyalashga qabul qilingan bo'lib, shundan 219 mln. AQSh
dollari kreditlar summasini tashkil etadi.
2003 yil davomida moliyalash uchun
ma'qullangan 9 loyiha bo'yicha kreditlar summasi 13,2 mln.
AQSh dollarini tashkil etdi. Shuningdek, 18 loyiha bo'yicha
moliyalash ishlari boshlandi. Ular 29 mln. AQSh dollari hajmidagi
kreditlar hisobidan moliyalandi.

Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash
borasida Bank olib borayotgan faoliyat eng yangi texnologiyalar
va uskunalarni moliyalashdan tashqari, ko'plab boshqa moliya
vositalarini ham o'z ichiga oladi. Bular, xususan:
|
Imtiyozli
kreditlash maxsus fondi mablag'lari hisobidan kreditlar
berish; |
|
mikrokreditlar
berish; |
|
yangi tashkil
etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalarning boshlang'ich
sarmoyasini shakllantirish uchun kreditlar ajratish; |
|
oilaviy
tadbirkorlikni kreditlash. |
Bank 2003 yilda o'ziga tegishli va
jalb etilgan mablag'lar hisobidan xususiy tadbirkorlik subyektlariga
qariyb 70,8 mlrd. so'mlik kreditlar ajratdi. Bu esa, 8400
dan ziyod qo'shimcha ish joylari yaratish imkonini berdi.

Fermer xo'jaliklarini kreditlash
Iqtisodiyotning agrar sho'basini rivojlantirish
hukumat dasturi doirasida Milliy bank maxsus davlat fondining
jalb etilgan mablag'lari hisobidan fermer xo'jaliklarining
paxta xom ashyosi va g'alla yetishtirish borasidagi xarajatlari
uchun bevosita imtiyozli kreditlar bermoqda.
2003 yil mobaynida 1300dan ziyod
fermer xo'jaligiga 1,6 mlrd. so'mlik imtiyozli kreditlar berildi.
Eng yaxshi biznes-loyiha
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
boshqaruvchilari kengashining XII yillik yig'ilishi arafasida
respublikamiz kichik korxonalari o'rtasida eng yaxshi biznes-loyiha
uchun tanlov o'tkazildi.
Tanlovga taqdim etilgan 140 loyiha
ichida Milliy bank taklif etgan "Nonash" MCHJ loyihasi
eng yaxshi biznes-loyiha deb topildi.
AFIRATO 2003 mukofoti
Osiyo va Tinch Okeani mintaqasi taraqqiyot
moliya muassasalari uyushmasining 2003 yil sentyabr oyida
Ulan-Bator shahrida (Mug'uliston) bo'lib o'tgan 26-yillik
yig'ilishida Milliy bankka "Kichik biznesni rivojlantirish
va qo'llab-quvvatlash loyihasi" nominatsiyasida "AFIRATO-2003
mkuofoti" sovrini berildi.
Moliya muassasalari bilan hamkorlik
Milliy bankning oqilona konservatizm,
bank ishining an'anaviy andozalari va eng yangi texnologiyalarga
asoslangan natijakor faoliyati xalqaro darajada keng e'tirof
etildi. Ishonchli va professional sherik sifatida obro' qozongan
Bank haqli ravishda jahon moliya bozorlarida O'zbekistonning
bosh moliya muassasasi vazifasini bajarmoqda.
Turli davrlarda turli bank mahsulotlari
uchun Bank "Global Finance", "The Banker",
"Euromoney" kabi nufuzli nashrlar, shuningdek Osiyo
banklar uyushmasi, Tinch Okeani mintaqasi davlatlarini rivojlantirish
moliya muassasalari uyushmasi singari va boshqa xalqaro moliya
tashkilotlari tomonidan mamlakatning eng yaxshi kredit muassasasi
deb topilgani ham shundan dalolat beradi.
Milliy bank ichki va xalqaro bank
operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab oluvchi
keng doiradagi faoliyat yuritayapti, xalqaro andozalar darajasida
bank xizmatlari ko'rsatish imkonini beradigan zamonaviy bank
texnologiyalarini rivojlantirayapti.
Keng qamrovli vakillik tarmog'i Bankka
o'z operatsiyalari geografiyasini kengaytirib, Respublikamiz
korxona va tashkilotlarining boshqa mamlakatlardagi sheriklar
bilan hisob-kitoblarini uzluksiz amalga oshirish imkonini
bermoqda. Hozirgi vaqtda 600dan ziyod yetakchi xalqaro banklar
Milliy bank bilan vakillik munosabatlari o'rnatgan. Milliy
bank xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlarini yo'lga
qo'yayotganda uch asosiy prinsipga tayanadi. Bular - vakil
banklar ishonchliligi va barqarorligi; vakillik tarmog'i mijozlarning
uzoq vaqtga mo'ljallangan amaliy manfaatlariga muvofiq bo'lishi;
eng qisqa muddatlarda va eng kam xarajatlar bilan hisob-kitob
qilish imkoniyati.

Vakillik nostro-hisobvaraqlari Milliy
bank va uning mijozlarini hisob-kitob operatsiyalari bajarish
uchun mamlakatlar hamda valyutalarning eng maqbul uyg'unligi
bilan ta'minlaydi. Hisobvaraqlardagi oborotlar doimiy o'sib
borayotgani xalqaro to'lovlarni o'tkazayotganda mijozlar Bankka
bildirayotgan ishonchdan dalolat beradi.
Milliy bank O'zbekistondagi bank va
moliya muassasalari bilan ham hamkorlikni faol rivojlantirayapti.
Hozirgi kunda Bankda O'zbekistondagi 32ta vakil bankka xizmat
ko'rsatilmoqda.
Hisob-kitob xizmatlari bilan bir
qatorda Milliy bank xalqaro moliya muassasalari bilan birgalikda
loyihalarni moliyalash (xorijiy banklar va xalqaro moliya
muassasalarining kredit yo'nalishlarini takror moliyalash),
savdoni moliyalash, depozit va konversiya operatsiyalari,
qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar, kadrlar tayyorlash
(qo'shma seminarlar va trening dasturlari o'tkazish) kabi
va boshqa hamkorlik sohalarini ham rivojlantirayapti.
Chakana bank
Omonat operatsiyalari
Aholining real pul daromadlari o'sishi
iste'mol talabi ko'payishiga va chakana savdo oborotiga yordam
berdi. Bank tizimiga ishonch ortishi tashkillashgan jamg'armalar
o'sishini rag'batlantirdi. Bu omillar Bankning chakana biznesni
rivojlantirishga bo'lgan qiziqishini uyg'otdi va chakana xizmatlar
bozoriga qaratilgan strategiya yo'nalishlaridan birining to'g'riligini
yana bir marta tasdiqladi.
Bank 2003 yilda mazkur bozorda faol
ishlab, peshqadamlikni saqlab turdi.
Chakana mijozlar bilan ishlash istiqbolli
strategik vazifadan Bankning joriy tijorat biznesiga aylanib,
jalb etilgan butun resurs bazasining 20%ni ta'minladi.
Hozirgi vaqtda Milliy bank tomonidan
jismoniy shaxslarga taklif etilayotgan mahsulotlar ro'yxati
70dan ziyod xizmat turlarini o'z ichiga oladi.
Hisobot yilida aholi omonatlari hajmi
so'm ekvivalentida 80,2 mlrd. so'mga yetdi. Bu esa, respublika
tijorat banklaridagi aholi depozitlari umumiy qoldig'ining
32,7%ni tashkil etadi.
Chakana mijozlar bilan ishlangan
5 yil (1998-2003 yillar) mobaynida milliy valyutadagi omonat
hisobvaraqlarida to'plangan mablag'lar hajmi 0,1 mlrd. so'mdan
41,8 mlrd. so'mga yetdi.

Erkin konvertatsiyalangan valyutadagi
mablag'larni jalb etish borasida Bank tomonidan olib borilgan
ishlar natijasida EKVdagi mabag'lar qoldig'i yil davomida
9 mln. AQSh dollari hajmida ko'payib, 2004 yil 1 yanvardagi
holatga ko'ra 39,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlari bor omonatchilar
soni 1998-2000 yillar davomida deyarli 14 baravar, jumladan
2003 yilda 1,3 baravar ko'paydi va 2004 yil 1 yanvardagi holatga
ko'ra deyarli 430 ming kishiga yetdi.
Bank jismoniy shaxslarga ko'rsatiladigan
xizmatlar doirasini doimiy ravishda kengaytirmoqda. 2003 yilda
Bank muassasalari mijozlardan kommunal to'lovlarni qabul qilish
operatsiyalarini faol olib bordi. Ular hajmi 2002 yildagiga
nisbatan 6 baravar ko'payib, qariyb 2,0 mlrd. so'mni tashkil
etdi.
2003 yilda Bank jismoniy shaxslarga
"O'zDEUavto" AJ avtomobillarini sotib olish uchun
kreditlar bera boshladi. Natijada o'tgan yilda 6,6 mlrd.so'mlik
shunday kreditlar berildi. Ayni paytda kredit berilayotganda
ochiladigan "Niyat" garov depozitlariga deyarli
2,6 mlrd. so'm hajmidagi mablag'lar jalb etildi.
Milliy bank Respublika banklari orasida
birinchi bo'lib o'z mijozlariga American Express yo'l cheklari
bilan operatsiyalar bo'yicha xizmatlarni taklif eta boshladi.
Milliy bank bilan "American Express" kompaniyasi
o'rtasida tuzilgan bitimga muvofiq, 2003 yil oxirida Bank
muassasalari orqali yo'l cheklarining yangi turi - saqlash
uchun mo'ljallangan "American Express" cheklari
tarqatila boshlandi.
2002 yildan e'tiboran Milliy bank
"Western Union" tizimidan foydalanib, xalqaro pul
jo'natmalari operatsiyalarini bajara boshladi. 2003 yil oxiriga
kelib Milliy bankning bu tizimga ulangan muassasalari soni
40taga yetdi. Bank punktlari orqali xizmat ko'rsatilgan mijozlar
soni 58 ming kishini tashkil etdi.
Plastik kartochkalar
Milliy bank eng zamonaviy texnologiyalardan
dadil foydalanib, O'zbekistonda mazkur eng yangi xizmat turini
joriy etishda chinakam kashshof va novator bo'ldi. So'm kartochkalari
bo'yicha to'lovlar qabul qiladigan savdo-servis korxonalari
tarmog'i kengayishi bu kartochkalar aholi orasida yanada ommalashuviga
olib keldi.
Milliy bank kartochkalari mamlakatimizning
518ta savdo-servis korxonasida to'lov vositasi sifatida qabul
qilinmoqda. Bu korxonalarda 559ta savdo terminali o'rnatilgan
bo'lib, 2003 yilda ular bo'yicha oborotlar 2002 yilning shu
davridagiga nisbatan deyarli 5,7 baravar ko'p bo'ldi. So'm
kartochkalari bo'yicha operatsiyalar bajarish imkonini beradigan
bankomatlar soni 100taga yaqinlashdi.
Milliy bank O'zbekistonning katta
korxona va tashkilotlarida ish haqini so'm kartochkalari orqali
berish loyihalarini joriy etish tashabbuskori bo'ldi. Bank
tomonidan joriy etilgan ish haqi loyihalari umumiy miqdori
204taga yetdi. Shundan 56tasi 2003 yilda amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda Bank barcha chakana
hisob-kitoblar naqdsiz to'lov turiga ommaviy ravishda o'tkazilishini
ko'zda tutuvchi bir qancha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirmoqda.
Eng katta oltin qazib oluvchi korxona - Navoiy kon-metallurgiya
kombinati joylashgan Navoiy viloyati bunga yaqqol misol bo'lishi
mumkin.
O'tgan yili Milliy bank bo'limlari
orqali kommunal xizmatlar uchun hisob-kitoblarda so'm plastik
kartochkalar faol qabul qilina boshlandi.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda 7
bankni o'z ichiga olgan elektron chakana hisob-kitoblar banklararo
tizimi ishlamoqda. Bu tizimga Milliy bank, Xalq banki, Asakabank,
O'zprivatbank, O'zuyjoyjamg'armabank, Paxtabank, Aloqabank
kirgan. Shu banklar negizida 2004 yilda Chakana to'lovlar
milliy tizimini yaratish rejalashtirilmoqda.

Milliy bank tashabbusiga ko'ra, 2003
yilning oktyabr oyidan boshlab O'zbekiston Banklar uyushmasi
tomonidan har oyda so'm plastik kartochka egalariga xizmat
ko'rsatuvchi savdo-servis korxonalari, bank muassasalari va
bankomatlarning bildirgich-ro'yxati chiqarilmoqda. Bu ro'yxat
barcha ishtirokchi banklarga jo'natilayapti, ular esa olingan
axborotni o'z mijozlariga havola qilmoqdalar.
2003 yilning IV choragida yangi avlod so'm plastik kartochkalarini
joriy etish ishlari boshlandi. Funksiyalari ko'proq va EMV
spetsifikatsiyalariga mos keladigan bu kartochkalar Bankka
ular asosidagi o'z chakana mahsulotlari ro'yxatini yangilash
hamda turlarini ko'paytirish va shu tariqa O'zbekiston plastik
kartochkalar bozoridagi mavqyeini mustahkamlash imkonini beradi.
2004 yil 1 yanvardagi holatga ko'ra,
Bank 5 mingdan ziyod VISA Classic va VISA Electron xalqaro
kartochkalarini chiqardi, shuningdek xorijiy banklar chiqargan
kartochkalar egalariga savdo, kassa terminallari va imprinterlar
orqali ham, bankomatlar tarmog'i orqali ham xizmatlar ko'rsatdi.
2003 yil may oyida Milliy bank Respublikada
birinchi bo'lib o'z bankomatlarida VISA xalqaro kartochkalariga
xizmat ko'rsatib, milliy valyutada naqd mablag' berish loyihasini
amalga oshirdi.
Toshkent shahridagi barcha katta
mehmonxonalarda va "Xalqaro hamkorlik markazi" biznes-markazida
shunday xalqaro kartochkalar egalariga xizmat ko'rsatadigan
9ta bankomat o'rnatilgan.
2003 yilda Bank Mastercard kartochkalari
bo'yicha naqd pul beradigan punktlar sonini ko'paytirdi, American
Express kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma doirasida esa,
mahalliy savdo-servis korxonalarini shu xalqaro kompaniya
kartochkalari bo'yicha xizmat ko'rsatishga jalb etish ishlari
davom ettirildi.
Investitsiya banki
Milliy bank mamlakatdagi eng katta
investitsiya banki hisoblanadi. Uning rivojlangan infrastrukturasi
O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni faol qo'llab-quvvatlovchi
moliya va sanoat sho'balarini rivojlantirishda yordam bermoqda.
Bankning investitsiya faoliyati aviasozlik, to'qimachilik,
oziq-ovqat sanoati, qurilish, agrobiznes, transport va sayyohlik,
moliya sho'basi korxonalarini qamrab olgan.
Ishlab chiqarish, moliya-kredit,
sug'urta, innovatsiya, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa
tashkilotlar sarmoyalariga qo'yilmalarni o'z ichiga olgan
investitsiya portfeli hisobot yilida 1,02 baravar kengayib,
15,8 mln. AQSh dollari va 7.535,8 mln. so'mni tashkil etdi.
2004 yil 1 yanvardagi holatga ko'ra
Milliy bankning 25ta tashkiliy tuzilmaga investitsiyalari
umumiy summasi 22.652.921 ming so'mni tashkil etdi. Shundan
15.810 ming AQSh dollari hajmidagisi xorijiy valyutada yo'naltirilgan
investitsiyalar bo'lsa, 7.158.697 ming so'mligi milliy valyutadagi
investitsiyalardir. Investitsiya qo'yilmalari bo'yicha limit
hajmi 2004 yil 1 yanvarda 24.172.654 ming so'mni, investitsiyalar
bo'yicha rezervlar 14.554 ming so'mni tashkil etdi. Shunday
qilib, investitsiya qo'yilmalari bo'yicha bo'sh mablag'lar
summasi 01.01.2004 yildagi holatga ko'ra 1.519.732 ming so'm
bo'ldi.
Kapital qo'yilmalardan samarali foydalanishga
qaratilgan hamda milliy iqtisodiyot manfaatlariga javob beradigan
Milliy bank asosiy vazifalariga muvofiq, Bank investitsiya
portfeli 2004 yil 1 yanvardagi holatga ko'ra, tarmoqlarga
mansublik nuqtai nazaridan quyidagi tuzilishga ega bo'ldi:
Investitsiya siyosatini amalga oshirish
doirasida Milliy bank "O'zbek Lizing Interneshnl A.J."
AJ, "Qurilishlizing" LKning muassisi bo'ldi; sug'urta
xizmatlari bozorini ("O'zbekinvest" EISMK, "O'zAIG"
QK), moliya va bank bozorining turli segmentlarini ("O'zRVB"
YOAJ, "O'zinvestloyiha" RIK, "ABN Amro MB O'zbekiston",
"O'zDEUbank", "Aziya-Invest Bank" (Moskva)
banklari) rivojlantirishda faol qatnashmoqda; kichik va o'rta
biznesni rivojlantirishda yordamlashadigan tuzilmalar muassislari
tarkibiga kirgan ("Madad" SA); iqtisodiyotning real
sho'basiga mansub korxonalar sarmoyasiga ulush qo'shgan ("Chkalov
nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi"
DAJ, "O'zmetkombinat" ASB).
Kichik va o'rta biznes subyektlarini
moliyalash uchun lizingni rivojlantirish maqsadida Milliy
bank YETTB, XMK va Meybank (Malayziya) bilan birgalikda "O'zbeklizing
Interneshnl AJ" qo'shma lizing kompaniyasining hammuassisi
bo'ldi. Bu kompaniya tashkil topgan vaqtidan buyon iqtisodiyotning
turli tarmoqlarida umumiy qiymati 9,5 mln. AQSh dollari va
1.338,1 mln. so'mdan ko'proq bo'lgan 46 loyihani amalga oshirdi.
Kompaniyaning lizing faoliyati natijasida 35ta kichik va o'rta
biznes korxonasi import o'rnini bosadigan sanoat mahsuloti
va xalq iste'moli mollari chiqara boshladi, Respublikamizning
turli mintaqalarida yangi ish o'rinlari yaratildi.
Ko'pgina bank tahlilchilarining fikricha,
O'zmilliybankning sho'ba banki - "Aziya-Invest Bank"
Rossiya bank xizmatlari bozorida noyob maqomga va ish tajribasiga
ega. "Aziya-Invest Bank" shunchaki moliya muassasasigina
bo'lib qolmasdan, ayni paytda har ikki mamlakat tashqi iqtisodiy
faoliyat ishtirokchilari uchun axborot-maslahat markazi vazifasini
ham bajaradi.
O'zbek so'midagi hisob-kitoblar bo'yicha
vakolatli bank hisoblanuvchi "Aziya-Invest Bank"
faqat hisob-kitob xizmatlari bilan cheklanib qolmagan. Vakil
banklar istalgan vaqtda yuridik masalalar hamda O'zbekiston
pul va moliya bozorlaridagi joriy ahvol hamda tamoyillar to'g'risida
malakali maslahatlar olishlari mumkin.
Paxta tolasi, avtomobilsozlik va
aviasozlik, metallurgiya va kimyo sanoati, mashinasozlik mahsulotlarini
yetkazib berish kabi sohalardagi Hukumatlararo va milliy dasturlarni
amalga oshirishda faol qatnashib, Bank Rossiya bilan O'zbekistonning
davlat tuzilmalari uchun ham, har ikki davlatning tijorat
tashkilotlari uchun ham ishonchli sherik bo'lib qolgan.
Hozirgi vaqtda O'zmilliybankda O'zbekistondan
Rossiya Federatsiyasiga tayyor mahsulot eksport qilinishini
moliyalash uchun kredit yo'nalishi ochish masalasi muhokama
qilinayapti. Bunda, jumladan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha
moliyalash ko'zda tutilgan:
|
O'zDEUavto
avtomobillarini yetkazib berish; |
|
qishloq
xo'jaligi mahsulotlari; |
|
mashina-uskunalar; |
|
oziq-ovqat
mahsulotlari. |
O'zmilliybank "Aziya-Invest Bank"ni
moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlashi uning kredit faoliyatini
qizg'inlashtirish imkonini beradi va shu asnoda keyinchalik
O'zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar mahsulot eksportini
kengaytirishlarida yordamlashadi.
Milliy bank o'zining sho'ba korxonalariga
yo'naltirgan investitsiyalar Bank umumiy investitsiya portfelining
13,9% yoki 3.148.715 ming so'mni tashkil etadi. Butun davr
mobaynida sho'ba korxonalar to'lagan dividendlar umumiy summasi
774.184 ming so'mni, rentabellik esa 24,6%ni tashkil etdi.
Qizg'in investitsiya faoliyati yuritish
natijasida O'zmilliybank olgan dividendlar umumiy summasi
2002 yildagiga (1.124 mlrd. so'm) nisbatan 2,7 baravar ko'payib,
2003 yil yakunlariga ko'ra 3,005 mlrd. so'mni tashkil etdi.
Shuningdek Bank qisqa muddatli savdo
portfelini ham shakllantirmoqda:

Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini
yaxshilash, shuningdek korporativ boshqaruv prinsiplarini
joriy etish maqsadida Bank aksiyador sifatida aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyatida qizg'in qatnashmoqda.

2003 yilda mamlakat fond bozorini
takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirilishi
Iqtisodiy islohotlar hukumat dasturining yo'nalishlaridan
biri bo'ldi. Keng doiradagi investorlarni, jumladan o'rta
va kichik investorlarni qimmatli qog'ozlar bozoriga jalb etish
maqsadida Bank qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilish elektron
tizimi - "Zamonaviy mulkdor" bank mahsulotini rivojlantirayapti.
Mamlakatning barcha mintaqalarini qamrab olgan ushbu tizim
aholi va kichik investorlarning pul mablag'lari fond bozoriga
kirib kelishi va unda aylanishini ko'paytiradi. Bunda mablag'
egalariga o'z pullarini yuqori daromadli va eng likvid qimmatli
qog'ozlarga yo'naltirish orqali qo'shimcha daromad olish imkoni
beriladi. Shunisi muhimki, bank mijozlari birjadan tashqari
savdo elektron tizimi yordamida buyurtmanomalar qabul qilishga
ixtisoslashgan punktlar tarmog'i orqali aksiyalar va boshqa
qimmatli qog'ozlarni sotib olib, o'z pul mablag'larini ishga
solishning zamonaviy shakllaridan foydalanish imkoniyatiga
ega bo'ldilar. Bank xizmatlarining bu yangi turi qimmatli
qog'ozlarni erkin sotib olish va sotish, korxonalar aksiyalariga
pul mablag'larini investitsiyalash masalalari yuzasidan maslahatlar
olish, uyushgan fond bozoridagi qimmatli qog'ozlar narxlari
to'g'risida zarur axborotga ega bo'lish imkonini beradi.
2003 yilda Milliy bank yangi turdagi
bank xizmati - korporativ obligatsiyalar anderraytingini joriy
etdi. Shu maqsadda "EL" OAJning 200 mln. so'mlik
(Samarqand viloyati), "Demir" XKning 1.350 mln.
so'mlik va "Qoxiz" QKning 200 mln. so'mlik korporativ
obligatsiyalarini chiqarish va keyin anderrayting qilish loyihalari
amalga oshirildi. Bankning anderrayting yo'nalishidagi debyuti
O'zbekiston fond bozori ishtirokchilari tomonidan yuksak baholandi
- 2003 yil yakunlariga ko'ra, Milliy bank eng yaxshi anderrayting
kompaniyasi deb topildi.
2003 yilda Bank xizmatlarning yangi
turini taqdim eta boshladi. Bu - moliyaviy maslahatlar berish,
jumladan xususiylashtirish va restrukturizatsiyalash borasidagi
maslahatlardir. Ushbu yo'nalish doirasida Davlat mulki qo'mitasi
bilan hamkorlik to'g'risidagi bitim, Olmaliq kon-metallurgiya
kombinatini xususiylashtirish yuzasidan moliyaviy maslahatlar
berish to'g'risidagi bitim imzolandi.
Mijozlar va sheriklarni mahalliy hamda
xorijiy bozorlar bo'yicha tafsiliy axborot bilan muntazam
ravishda ta'minlab turish maqsadida 2003 yil fevral oyidan
buyon Bank mutaxassislari fond va valyuta bozorlari, shuningdek
strategik tovarlar bozorlari bo'yicha tafsiliy sharhlar tayyorlamoqda.
Axborot-tafsiliy mahsulotlar muntazam asosda "Novosti
Uzbekistana" haftanomasining "Rinochniye perspektivi"
maxsus ruknida, O'zmilliybank vebsaytida, "Rinok sennix
bumag" jurnalida, shuningdek ichki va tashqi obunachilarning
individual obunasida e'lon qilinayapti.
Tashkiliy rivojlanish, xususiylashtirish
va aksiyalashtirishga tayyorgarlik
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining
qarorlariga muvofiq, Milliy bankni qayta tashkil etish (aksiyalashtirish)
va xususiylashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Milliy bankni 2004 yilda xususiylashtirish
mo'ljallangan. Strategik investorni jalb etish uchun Hukumat
xorijiy investorlar ishtirokida sotilishi kerak bo'lgan Bank
sarmoyasi ulushini 40%dan 79%ga yetkazish to'g'risida qaror
qabul qildi.
Respublika banklarini xususiylashtirish
dasturi qanday amalga oshirilayotganligi hisobga olinib, 2003
yilda "Grafik" qayta ko'rib chiqildi va uning yangi
tahriri tasdiqlandi.
Bankni aksiyalashtirish va xususiylashtirish
tadbirlari grafigiga muvofiq, 2003 yilda Bankning investitsion
jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksi amalga
oshirildi. Bu tadbirlar, birinchidan, bankning tashkiliy-huquqiy
shaklini o'zgartirishga va ikkinchidan, Bank bajarayotgan
funksiyalarni maqbullashtirish bilan bir qatorda uni institutsional
rivojlantirishga qaratilgan.
1. Qayta tashkil etish (aksiyalashtirish).
Bankni xususiylashtirishdan oldingi asosiy bosqichlardan biri
uni aksiyalashtirish va aksiyalar chiqarishdir. Shu maqsadda
Grafikda Bankni qayta tashkil etish to'g'risidagi Vazirlar
Mahkamasi qarorini hamda uning ilovalarini, jumladan Bankning
yangi ustavini kelishish va tasdiqlashga kiritish ishlari
ko'zda tutilgan. Bankning yangi ustavi loyihasi uning xalqaro
auditori - "Ernst va Yang" kompaniyasi ishtirokida
ishlab chiqildi. U korporativ boshqaruvning asosiy xalqaro
prinsiplariga mos keladi.
2. Restrukturizatsiyalash.
Bank 2001 yilda Doyche Bank tomonidan o'tkazilgan
diagnostika asosida tashkiliy restrukturizatsiyalash tadbirlarini
amalga oshirmoqda. Diagnostika bank faoliyatining 12 yo'nalishini
qamragan bo'lib, olingan tavsiyalar hozirgi vaqtda Bank mutaxassislari
tomonidan joriy etilayapti. O'tkazilayotgan restrukturizatsiyalash
hamda xususiylashtirishga tayyorgarlik doirasida xalqaro auditorning
tavsiyalariga ko'ra, Bank kredit portfeli bo'yicha ehtimoliy
zararlar o'rnini qoplash uchun oshirilgan hajmdagi rezervlarni
shakllantirmoqda. Xususiylashtirishdan oldingi bu tadbirlar
iqtisodiyotni erkinlashtirish davrida bank balansini sog'lomlashtirishga
qaratilgan. Bunda avvalga yillarning taqsimlanmagan foydasi
rezerv shakllantirish manbai bo'lib xizmat qiladi.
2003 yil mobaynida Milliy bank xalqaro
moliya muassasalari, yirik tijorat banklari bilan ikki tomonlama
hamkorlikka doir turli masalalar yuzasidan, xususan Bankni
xususiylashtirishda qatnashish imkoniyati to'g'risida muzokaralar
olib bordi. Unda Xalqaro moliya korporatsiyasi Bankni xususiylashtirish
jarayonida qatnashish istagini bildirdi.
Tashkiliy tuzilishni rivojlantirish
Kreditlash bozorlaridagi raqobat keskinlashuvi
Bankdan chaqqonlik va puxta boshqaruvni talab qiladi. Bu zaruratni
aniq anglash Bankni boshqarish tizimida amalga oshirilgan
ko'pgina tashkiliy o'zgartishlar uchun asos bo'ldi. Bank o'z
tashkiliy tuzilishi jihatidan rivojlanish va samaradorlik
uchun to'la-to'kis javobgar bo'lgan 4ta mustaqil biznes-guruhga
bo'linishi oxirgi shunday qaror bo'ldi.
Korporativ bank, chakana bank, investitsion
bank departamentlari va Bank rivojlanishini boshqarish guruhi
tashkil etildi. Bunday restrukturizatsiyalashdan ko'zlangan
maqsad biznesni boshqarish ichki tizimini maqbullashtirishgina
emas, balki avvalo, bank tizimining bosh bo'g'ini - mijoz
ehtiyojlarini qondirish hamda bankning barcha tizimlari faoliyatidagi
tijorat yo'nalishini kuchaytirish, har bir tarkibiy bo'linmaning
tijorat natijalariga bog'liqligini oshirishdan iboratdir.
Har bir tuzilma ishi samaradorligi,
har bir mahsulot o'z pirovard maqsadiga ega bo'lishi lozim.
U ham bo'lsa - iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik va samaradorlikdir.
Tashkiliy tuzilishni muvoziy tarzda maqbullashtirish hamda
Bank xodimlari sonini qisqartirish ushbu jarayonning davomi
bo'ladi.
Navbatdagi bosqich - bo'lim va filiallarni
restrukturizatsiyalash. Bank bo'lim va filiallari (jami 99ta)
Bank tashkiliy tuzilishining muhim qismidir. Ular mijozlar
bazasi kengayishi va o'sishini, Bankning amalda barcha mahsulotlari
Respublikaning istalgan mintaqasidagi mijozlarga yetkazilishini
ta'minlaydi. Bo'lim va filiallar asosiy tuzilmalar bo'lib,
Bank mahsulotlari ular uchun ishlab chiqiladi va ular orqali
sotiladi.
Bank texnologiyalarini rivojlantirish
O'zmilliybankda yuqori darajadagi
axborot tizimlari oldiga qo'yiladigan barcha zamonaviy xalqaro
talablar va andozalarga javob beruvchi rivojlangan axborot
infrastrukturasi yaratilgan. Avtomatlashtirilgan bank tizimi
moliyaviy resurslarni kerakli sohalarda jamlab, bank resurslarini
boshqarish, Bankning barcha bo'linmalarini operativ tarzda
idora qilish imkonini beradi.
Jahonda axborot texnologiyalari rivojlanishi
tamoyillarini hisobga olib, Bank mutaxassislari undagi axborot
tizimlarini takomillashtirish bilan bog'liq yangi loyihalarni
amalga oshirayaptilar. Ularga, avvalo, Bankda yangi avlod
mahsuloti bo'lgan "Globus" avtomatlashtirilgan bank
tizimini joriy etish loyihasi kiradi. Shuni ta'kidlash lozimki,
"Globus" tizimi keyingi ikki yil mobaynida integratsiyalangan
bank tizimlari bozoridagi eng xaridorgir tizim hisoblanadi
va u Bank tomonidan ochiq xalqaro tender jarayonida tanlangan.
U bir qancha prinsipial yangi imkoniyatlarga
ega:
|
mijozlar
bilan munosabatlarni boshqarish; |
|
bozor xatarlarini
boshqarish; |
|
kredit xatarlarini
boshqarish; |
|
ekran shakllarini
loyihalash; |
|
ma'lumotlar
bazasi moslashuvchanligi; |
|
xavfsizlikni
boshqarish. |
Milliy bank xalqaro darajada tan olingan
"Globus" zamonaviy tizimi joriy etilishini o'zining
kelgusidagi rivojlanishiga yo'naltirilgan investitsiya, shuningdek
jahon bank hamjamiyatiga yanada chuqurroq qo'shilib borish
imkoniyati, deb hisoblamoqda.
Hozirgi vaqtda Toshkent shahridagi
6ta eng katta bo'lim "Globus" ABTda ishlashga o'tkazildi.
Bu 6 bo'lim Bank balansining 80%ni qoplaydi. Toshkent shahrida
joylashgan boshqa filiallarni, shuningdek viloyat bo'lim va
filiallarini ham "Globus" tizimiga tayyorlash va
ulash ishlari olib borilayapti.
Bank xodimlari
Malakali kadrlarga investitsiyalar
uzoq muddatli muvaffaqiyat asosini tashkil etishini tushunib,
Milliy bank professionallar komandasini shakllantirayapti,
ular malakasini, ishga qiziqishini, ijtimoiy himoyalanishini
hamda korporativ qadriyatlarga sodiqligini oshirish to'g'ris |