Osiyo Taraqqiyot Bankining
Ikkinchi krådit yo'nalishi to'g'risida axborot
|
O'zbåkiston Råspublikasi Vazirlar
Mahkamasi 1997 yil 14 martda chiqargan "Osiyo taraqqiyot
banki krådit yo'nalishidan foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi
146-son qarorni bajarish maqsadida O'zbåkiston Råspublikasi
hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki (kåyingi o'rinlarda
- OTB) o'rtasida 1997 yil 7 mayda Qarz va Loyiha bitimlari
imzolangan. Ularga ko'ra, OTB O'zbåkiston Råspublikasiga 15
yil muddatga 50 mln. AQSH dollari hajmida krådit yo'nalishi
ochdi.
|
Bu yo'nalish bo'yicha kråditlar O'zbåkiston Råspublikasining
qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan
kichik va o'rta korxonalari loyihalarini moliyalashga ajratilishi
kårak edi.
Osiyo taraqqiyot banki taqdim etadigan
mablag'lardan samarali foydalanish, ushbu krådit yo'nalishi
doirasida ko'zda tutilgan loyihalar moliyalay boshlanishini
va amalga oshirilishini tåzlashtirish maqsadida 1997 yil 9
mayda O'zbåkiston Råspublikasi Hukumati bilan O'zmilliybank
o'rtasida qayta kråditlash to'g'risida bitim tuzildi.
Yqorida aytilgan Bitimga muvofiq,
Milliy bankka mazkur yo'nalish mablag'laridan foydalanish
huquqi bårildi.
Hozirgi vaqtda OTB krådit yo'nalishi
doirasida 120dan ortiq invåstitsiya loyihalari ko'rib chiqildi.
SHulardan 30tasi moliyalashga qabul qilindi (bunda invåstitsiya
loyihalarining jami qiymati 70.557.965,00 AQSH dollarini,
tuzilgan krådit shartnomalari umumiy hajmi esa 50.000.000,00
AQSH dollarini tashkil etdi), buning ustiga ulardan 28tasi
bo'yicha moliyalash ishlari boshlandi (21 loyiha bo'yicha
ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi).
SHunday qilib, krådit yo'nalishi mablag'lari
to'liq taqsimlandi.
Moliyalashga qabul qilingan loyihalar,
agar ularni ishlab chiqariladigan mahsulot turiga qarab tasniflaydigan
bo'lsak, shartli ravishda quyidagi 11 guruhga bo'linishi mumkin:
| 1. |
muzqaymoq ishlab chiqarish |
| 2. |
tomat pastasi ishlab chiqarish |
| 3. |
måvalarni qayta ishlash (konsåntratsiyalangan
måva sharbatlari, bo'tqalari, murabbolar, muzlatilgan
måvalar) |
| 4. |
sutni qayta ishlash |
| 5. |
o'simlik yog'i ishlab chiqarish |
| 6. |
makaron mahsulotlari ishlab chiqarish |
| 7. |
qandolatchilik mahsulotlari (karamål,
shokolad, vafli, påchånye va non-bulka mahsulotlari) ishlab
chiqarish |
| 8. |
minåral suvni qadoqlab quyish |
| 9. |
pivo ishlab chiqarish va qadoqlash
|
| 10. |
jun yuvish |
| 11. |
sosiskalar ishlab chiqarish
|
| OTB krådit
yo'nalishi bo'yicha moliyalashga qabul qilingan loyihalar
qaysi tarmoq va mintaqalarga mansubligi 1 va 2-diagrammalarda,
invåstitsiya loyihalarining ular maqomi bo'yicha taqsimlanishi
3-diagrammada ko'rsatilgan (foizli ulushlar krådit shartnomalari
summasining tuzilgan krådit bitimlari umumiy qiymatidagi
salmog'ini bildiradi). |
 |
1-diagramma
OTBning kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga
mo'ljallangan I kredit yo'nalishi O'zbekiston Respublikasi
tarmoqlari bo'yicha taqsimlanishi
|
| |
 |
|
2-diagramma
OTBning kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga
mo'ljallangan I kredit yo'nalishi O'zbekiston Respublikasi
viloyatlari bo'yicha taqsimlanishi
|
 |
|
3-diagramma
OTBning kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga
mo'ljallangan I kredit yo'nalishi
korxonalar maqomi bo'yicha taqsimlanishi
|
 |
2000 yil 1-14 aprål kunlari OTBning
qarz masalalari bo'yicha Tadqiqot Missiyasi O'zbåkiston Råspublikasida
bo'ldi. Bu tashrifdan avval Osiyo bankining Tanishuv Missiyasi
kålgan edi (2000 yil 8-17 fåvral kunlari). Kåyingi tashrif
buyuruvchilarning asosiy vazifasi råspublikaga Osiyo bankining
Ikkinchi qarzini bårish imkoniyatlari va shartlarini ko'rib
chiqishdan iborat bo'ldi. Bu ish natijasida 2000 yil 21 aprålda
O'zbåkiston Råspublikasi hukumati bilan OTB Tadqiqot Missiyasi
o'rtasida qarz bo'yicha tadqiqot missiyasining hamfikrlik
to'g'risidagi måmorandumi imzolandi.
Kutilayotgan qarzdan ko'zda tutilgan
asosiy vazifa mamlakatda ishlab chiqarish bazasini kångaytirish
yo'li bilan kichik va o'rta tadbirkorlik shu'basini rivojlantirishdan
iboratdir. Kutilayotgan qarz bu mablag'larni O'zbåkistonning
ishtirokchi banklari orqali yo'naltirib, asosiy vositalar,
matåriallar va tåxnologiyalar importiga bo'lgan ehtiyojlarni
qondirish uchun xorijiy valutadagi moliyalash ishlarida yordam
båradi.
2000 yil 5-20 iyul kunlari råspublikamizda
bo'lgan OTB Baholash Missiyasining ish natijalariga ko'ra,
OTB Diråktorlar Kångashi 2000 yil 11 dåkabrda O'zbåkiston
Råspublikasiga 50 mln. AQSH dollari miqdorida qo'shimcha qarz
(OTBning II krådit yo'nalishi) bårilishini ma'qulladi. Bu
mablag'lar ishtirokchi banklar o'rtasida quyidagicha taqsimlanishi
bålgilandi:
|
O'zmilliybank - 20
mln. AQSH dollari |
|
"Asakabank"
- 15 mln. AQSH dollari |
|
"Paxtabank"
- 15 mln. AQSH dollari |
O'zbåkiston Råspublikasi Vazirlar
Mahkamasi 2001 yil 6 fåvralda qabul qilgan "Osiyo taraqqiyot
bankining O'zbåkiston Råspublikasidagi kichik va o'rta biznås
rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun mo'ljallangan kråditidan
foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 69-son qarorni
bajarish maqsadida, Milliy bank hozirdanoq yuqorida aytilgan
qarz doirasida loyihalarni tanlashga kirishdi.
Quyida O'zbåkiston Råspublikasi kichik
va o'rta biznås korxonalari uchun Osiyo taraqqiyot banki/O'zbåkiston
Milliy banki Ikkinchi krådit yo'nalishining asosiy måzonlari
bårilmoqda.
|