Akkreditivlar va kafolatlar
|
Tashqi savdo bo'yicha to'lovlarni
ta'minlash va amalga oshirish uchun Milliy bank o'z
mijozlari ixtiyoriga ikkita an'anaviy vosita - akkreditivlar
va kafolatlarni taqdim etadi.
Hujjatli akkreditiv o'z mohiyatiga
ko'ra, agar benefitsiar akkreditivda ko'zda tutilgan
hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etsa, Bank benefitsiarga
kelishilgan valutada muayyan summani o'z buyurtmachisi
hisobidan to'lash to'g'risida bergan va'da hisoblanadi.
|
To'lovni ta'minlash vositasi sifatida
hujjatli akkreditiv o'z afzalliklariga ega. Bular, xususan,
quyidagilardir:
|
hujjatli akkreditivlar
operatsiyalar o'tkazilayotganda ta'minot vositasi sifatida
amalda jahonning barcha mamalakatlarida qo'llaniladi; |
|
tegishli summani oldindan
tasarruf etishda sotuvchi uchun qulay; |
|
to'lov shartlariga moslashuvchan
va ayni paytda ishonchli; |
|
qisqa muddatli moliyalash
vositasi sifatida foydalanish mumkin; |
|
to'lovni tez va hech
qanday to'sqinsizlik amalga oshiradi, natijada sotuvchi
muayyan vaziyatlarda arzirli siylovlarga ega bo'ladi; |
|
xalqaro darajada huquqiy
jihatdan ishonchli hisoblanadi. |
Bank kafolati to'lov va shartnoma
bo'yicha majburiyatlarni bajarishning muhim vositasi hisoblanadi.
Milliy bank o'z mijozlari manfaatlarini
ko'zlab va ular topshirig'iga ko'ra, xorijiy sheriklar va
O'zbekiston Respublikasi rezidentlari foydasiga bo'nak to'lovi
qaytarilishi kafolati, kontrakt ijro etilishi kafolati, shuningdek
xalqaro amaliyotda qo'llaniladigan boshqa turdagi kafolatlarni
taqdim etadi.
| |
| Aloqa
uchun ma`lumot: |
|
Eksport-import operasialar moliyalash boshqarmasi
+998-71
-137-59-28
+998-71-137-63-47(Fax)
|
|
|