Kredit yo'nalishlari
|
"Kredit yo'nalishi ochib"
kreditlash (revolverli kredit) kreditni zarurat tug'ilgani
sayin qismlarga bo'lib-bo'lib berish yo'li bilan amalga
oshiriladi.
Bunda kreditlash davri mobaynida
"revolverli" kredit qarzdorlikning belgilangan
limiti va qarzni qaytarish muddatlari doirasida qo'shimcha
kredit bitimlari tuzmasdan bir necha marta aylanishi
mumkin.
|
Qarz oluvchi foizlarni kredit bo'yicha
qarz qoldig'iga qarab to'laydi.
Kredit yo'nalishidan foydalanish muddati
ko'pi bilan 12 oyni tashkil etadi.
Bu yerda Siz
kreditni rasmiylashtirish tartibi va zarur hujjatlar ro'yxati
bilan tanishishingiz mumkin.
Batafsilroq ma'lumot olish uchun Milliy
bankning mintaqaviy bo'limi yoki filialiga murojaat qiling.
|