Eksport va importni moliyalash
 |
 |
Hozirgi
vaqtda Milliy bank va uning barcha bo'lim hamda filiallari
o'z mijozlariga ularning tashqi iqtisodiy faoliyati yuzasidan,
jumladan xalqaro amaliyotda qabul qilingan barcha shakllarda
har qanday murakkablik darajasidagi xalqaro hisob-kitoblarni
amalga oshirish, mijozlarga malakali maslahatlar, xususan
valuta nazoratining amaldagi tizimi hisobga olinadigan
tashqi savdo kontraktlari to'lov shartlari to'g'risida
maslahatlar berish, individual hisob-kitob sxemalarini
ishlab chiqish bo'yicha kompleks xizmatlar ko'rsatishni
taklif qilayapti. |
| |
|
|
O'tkazma operatsiyalar eksport bo'yicha
ham, import bo'yicha ham hisob-kitob qilishning asosiy shakli
hisoblanadi.
Milliy bank Banklararo hisob-kitob
markazi Loro vakil banklar uchun "yumshoq" va "qattiq"
valutalardagi hisob-kitoblar bo'yicha kliring markazi vazifasini
bajaradi. Kliring xizmatlari ko'rsatishda to'lovlarga ishlov
berishning zamonaviy ilg'or texnologiyalaridan foydalaniladi.
Banklararo hisob-kitob markazi "Abraksis" operatsion
dasturiy tizimi yordamida barcha hisob-kitoblarni yuqori darajadagi
ishonchlilik bilan, real vaqt rejimida bajaradi.
Milliy bank O'zbekistonda SWIFT tarmog'idan
foydalanuvchilar guruhida yetakchilik qilmoqda.
Bank o'z mijozlariga hujjatli akkreditivlar
shaklidagi hisob-kitoblarni, inkasso va kafolat operatsiyalarini
amalga oshirishda xizmat ko'rsatmoqda.
Milliy bank O'zbekiston eksportini,
avvalo yigiruv-to'quv va to'qimachilik sanoati mahsulotlari,
shuningdek paxta eksportini kengaytirishda yordam beruvchi
akkreditiv va kafolat operatsiyalarini faol rivojlantirayapti.
Milliy bank akkreditivlari qoplama o'tkazilishini talab qilmasdan,
ochilgan kredit yo'nalishlari hisobidan jahonning bir qancha
yetakchi banklari tomonidan tasdiqlanayapti.
Milliy bank hisob-kitoblarda akkreditivlarning
barcha turlaridan foydalanmoqda, savdo bitimlari bo'yicha
hisob-kitob sxemalarini ishlab chiqmoqda. Bu esa, savdoni
moliyalashning har xil shakllaridan foydalanish imkonini bermoqda.
Bank akkreditivlarni qoplama bilan ham, qoplamasiz ham bajarayapti,
natijada mijozlar xorijiy bankalarning kredit yo'nalishlaridan
foydalanish orqali o'z oborot mablag'lari uzoq vaqtga chetga
jalb etilmasligiga muvaffaq bo'lishmoqda. Holbuki, xorijiy
banklarning bunday kredit yo'nalishlari hajmi 500 mln. AQSh
dollarini tashkil etadi.
Respublikamiz va MDH mamlaktlaridagi
Loro vakil banklar o'rtasida moliyaviy vositachi hisoblanadigan
Milliy bank emitent bank, ijrochi, avizolovchi hamda tasdiqlovchi
bank vazifasini bajarishga doim tayyor.
Bank xalqaro andozalarga hamda yangi
tahrirdagi Xalqaro savdo palatasining birxillashtirilgan qoidalariga
(IC №500), shuningdek xalqaro bank me'yorlariga mos keluvchi
boshqa moliyaviy vositalarga muvofiq, o'zbekistonlik tovar
yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilishning akkreditiv
shaklini joriy etish yuzasidan Rosssiya, Ukraina va Belorussiyaning
yetakchi banklari bilan faol ish olib borayapti.
|