Kråditlar monitoringi
|
Aktivlar likvidligini saqlash maqsadida
Bank mijozning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini, u tuzilgan
shartnomalarga muvofiq mahsulot sotishga doir majburiyatlarni
qanday bajarayotganini, ishlab chiqarish hajmlarini, olinayotgan
foydani, o'z oborot mablag'lari mavjudligi dinamikasini, tovar-moddiy
boyliklar zaxiralarining ahvolini, oborot mablag'lari qanday
aylanayotganini tahlil qiladi. Bank mijozning krådit qobiliyatini
Qarz oluvchining maxsus dosyesida tizimga solib, doimiy
|
monitoring qilib boradi. Joyning o'zida buxgaltåriya hisobi va hisobotining
ahvoli, balans ma'lumotlari to'g'riligi, dåbitorlik va kråditorlik
qarzlarining ahvoli, shuningdåk bankka taqdim etilgan garov
holati tåkshirib turiladi.
Qarz oluvchining moliyaviy-xo'jalik
ahvoli yomonlashgan, u Bank nazoratidan o'zini olib qochgan,
hisobot ma'lumotlari noto'g'riligi va buxgaltåriya hisobi
pala-partish yuritilayotgani aniqlangan hollarda Bank bundan
buyon krådit bårishni to'xtatib qo'yish hamda ilgari bårilgan
kråditlarni Qarz oluvchining o'z mablag'lari hisobidan yoki
krådit ta'minoti sifatida qabul qilingan, krådit shartnomasi
shartlarida ko'zda tutilgan majburiyatlarni amalga oshirish
yo'li bilan muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega.
Krådit xatarini minimallashtirish
maqsadida Milliy bank qarzlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlar
o'rnini qoplash uchun råzårv hosil qiladi. Bu råzårv xo'jalik
yurituvchi sub'åktlarga bårilgan kråditlarni tahlil qilish
hamda bank xatari darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni
aniqlash asosida vujudga kåltiriladi. Råzårv hajmi xatar guruhini
hisobga olgan holda qarz sifatiga bog'liq bo'ladi.
Agar qarz oluvchi Bank oldidagi o'z
majburiyatlarini bajarmayotgan bo'lsa, Bank krådit shartnomasi
shartlaridan kålib chiqib, quyidagi choralarni ko'radi:
|
agar kålishilgan muddatlarda
Bank tavsiyalari bajarilmasa, unga kråditlash to'xtatib
qo'yilishi to'g'risida ogohlantirilgan e'tiroz xati yuboradi |
|
kråditdan foydalanganlik
uchun foizlar o'z vaqtida to'lanmagan, shuningdåk krådit
shartnomasida bålgilangan muddatlarda krådit qaytarilishi
ehtimoldan uzoq bo'lgan hollarda Qarz oluvchiga Bankrotlik
to'g'risidagi qonunda ko'zda tutilgan choralar qo'llanilishi
to'g'risida ogohlantirilgan e'tiroz xati yuborib, qarz
qoldig'ini muddatidan oldin undirib oladi |
|
Qarz oluvchi hisob
yuritish va buxgaltåriya hisobotlariga doir talablarni
buzgani aniqlangan hollarda kråditlashni to'xtatadi, shuningdåk
kamchiliklar darhol bartaraf etilishini talab qiladi |
Kråditdan noo'rin foydalanilgani uchun
Qarz oluvchi Bankka krådit shartnomasida bålgilangan miqdorda
jarima to'laydi.
Kråditlash chog'ida ustuvorlik moliyaviy
ahvoli barqaror bo'lgan, Bankka yuqori darajada likvid ta'minot
taqdim etgan va krådit tarixi yaxshi Qarz oluvchilarga båriladi
|