Davlat obligatsiyalari
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari
(DQMO) - qarz majburiyatnomasi bo'lib, unga muvofiq, qarz
oluvchi (davlat) kreditorga (investorga) investitsiyalangan
summani muayyan muddat mobaynida to'lashni, shuningdek muayyan
daromad berishni kafolatlaydi. DQMO davlatning barcha aktivlari
bilan ta'minlangan va bu holat ularga yo'naltirilgan investitsiyalarni
yuksak darajada ishonchli bo'lishini ta'minlaydi.
Obligatsiyalar qisqa muddatli qog'ozlar
hisoblanadi. Aylanish muddati, ya'ni auksion kunidan boshlab
so'ndirish sanasigacha o'tadigan davr 3 va 6 oyga teng bo'ladi.
Bir obligatsiyaning nominal qiymati
- 1000 so'm. Auksionda birlamchi joylashtirish chog'ida obligatsiyalar
diskont bilan (nominal qiymatidan kamroq narxda) sotiladi,
so'ndirish esa nominal bo'yicha amalga oshiriladi. Demak,
obligatsiyaning xarid narxi bilan sotuv narxi orasidagi tafovut
daromadni tashkil etadi. DQMO bilan bajarilgan operatsiyalardan
tushadigan daromad soliqqa tortilmaydi.
DQMOning har bir nashri muayyan o'lchamlari
bilan ajralib turadi va ular bir oyda ikki marta o'tkaziladigan
auksionlarda sotiladi. Nashr o'lchamlari, hajmi, joylashtirish
va so'ndirish sanasi, potensial ishtirokchilarga doir cheklovlar
emitent, ya'ni Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan
kelishilgan holda belgilanadi. Obligatsiyalarning har bir
nashriga to'qqiz xonali razryaddan iborat davlat ro'yxat nomeri
beriladi (masalan, 21001UMFS yoki 22001UMFS):
| |
|
2 |
 |
2 |
 |
0 |
|
0 |
|
1 |
 |
U |
|
M |
|
F |
 |
S |
 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
birinchi razryad: 2 raqami - qarz majburiyati |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
 |
 |
|
|
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
|
ikkinchi razryad: qimmatli qog'oz turi - 1 raqami - uch
oylik, 2 raqami - olti oylik |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
uchinchi, to'rtinchi va beshinchi razryadlar muayyan turdagi
tartib nomerini ko'rsatadi |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi razryadlar - "UMF"
harflari
emitentni bildiradi (Uzbekistan Ministry of Finance) |
|
|
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
-
to'qqizinchi razryad - "S" harfi - qog'oz davlatniki
ekanini ko'rsatadi |
|
|
DQMO ular egalarining "depo"
hisobvaraqlaridagi yozuvlar ko'rinishida, qog'ozsiz shaklda
chiqariladi.
O'zbekiston Respublikasining rezidenti
bo'lgan har qanday yuridik shaxs DQMO egasi bo'lishi mumkin.
Qonunlarga muvofiq, investor xizmat
ko'rsatish to'g'risida diler (yoki bir necha dilerlar) bilan
shartnoma tuzishi shart. Bu shartnomada obligatsiyalarni sotib
olish, sotish, ularga egalik qilish tartibi, shuningdek bu
operatsiyalarni bajarish chog'ida tomonlar huquqlari, vazifalari
va javobgarligi belgilab qo'yiladi. Sotib olingan davlat qisqa
muddatli obligatsiyalari aniq bir diler yoki investor mulki
hisoblanadi. Boshqa shaxslar bitimlar tuzish uchun DQMOdan
foydalana olmaydilar.
|