AFIRATO
 |
 |
2000
yilning may oyida O‘zmilliybank bilan u a’zo bo‘lgan
Osiyo va Tinch okeani mamlakatlarini rivojlantirish
moliya muassasalari uyushmasi (AFIRATO) o‘rtasida Internet
global tarmog‘i orqali AFIRATOga a’zo mamlakatlar (35
mamlakatdagi 79ta taraqqiyot banki) orasidagi Bank mijozlariga
xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq SMECENTER.COM loyihasini
birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
SMECENTER.COM, bu – Osiyo-Tinch
okeani mintaqasidagi kichik va o‘rta korxonalar uchun
Internet tarmog‘ida ochilgan veb-port bo‘lib, unga kirish
manzili: www. smecenter.com.
|
SMECENTER.COM loyihasi respublikamizning
kichik va o‘rta korxonalariga reklama faoliyati olib borish,
xalqaro eksport bozorlarini o‘rganish hamda mamlakatimizdagi
kichik va o‘rta biznes korxonalari tovar va xizmatlari uchun
chet mamlakatlardan potensial xaridorlar topib, bevosita savdoni
yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
AFIRATOga a’zo banklar orasida Eksport
Xizmatlarini Qo‘llab-quvvatlash (ESF) bo‘yicha UNCTAD/WTO
(ITC) Xalqaro Savdo Markazi loyihasining tarmog‘i hisoblanuvchi
ushbu loyiha AFIRATO Direktorlar Kengashining 1999 yil 24
sentyabrda Gavayya orollarining Gonolulu shahrida bo‘lib o‘tgan
50-yig‘ilishida ma’qullandi hamda keyinroq AFIRATO Bosh assambleyasi
tomonidan tasdiqlandi.
Tegishlicha ro‘yxatdan o‘tgan har
bir korxonaga keng doiradagi xizmatlar ko‘rsatiladi. Bular,
jumladan:
|
O‘z veb-saytiga ega
bo‘lishni xohlovchi kompaniyalar uchun “O‘zingga veb-sahifa
tayyorla” to‘plami; |
|
Internet tarmog‘ida
andozaviy biznes-sahifa ochib, unda korxona to‘g‘risida
umumiy ma’lumotlar berish (masalan: korxona nomi va manzili,
elektron pochta manzili, aloqa bog‘lash mumkin bo‘lgan
shaxs, ishlab chiqariladigan mahsulot hamda ko‘rsatiladigan
xizmatlar nomenklaturasi va h.k.); |
|
Zarur mahsulot, xom
ashyo (kompaniyalar)ni izlab topish; |
|
Agar bor bo‘lsa, ro‘yxatdan
o‘tgan firma veb-sayti bilan aloqa; |
|
Internet tarmog‘ida
bepul elektron pochta manzili; |
|
Global tarmoqda samarali
interaktiv qatnashish maqsadida korxonani reklama qilish
(reklamadagi sarlavhadan korxona “veb-sahifa”siga o‘tishda
foydalanish). |
Infratuzilma to‘liq shakllantirilganidan
keyin e-savdo va e-tijorat kabi xizmatlar ishga tushiriladi.
Ushbu dastur kichik va o‘rta biznes milliy korxonalari uchun
bir qancha afzalliklarga ega. Bular:
|
Interaktiv ishtirok.
Hamkorlarni, ularning rekvizitlarini izlab topish, hujjatlar
aylanishi, yozishmalar olib borish bilan bog‘liq va boshqa
chiqimlar yo‘qligi munosabati bilan kompaniya mahsulotini
arzimagan narx evaziga butun dunyoga bir zumda namoyish
qilish; |
|
Global reklama. Kuniga
24 soat, haftasiga 7 kun, yiliga 365 kun mobaynida mahsulotni
potensial xorijiy bozorlarda namoyish qilish;
Sotuvlar hajmi ko‘payishi. Sizning biznesingiz amalda
kuniga 24 soat davomida ochiq bo‘ladi;
|
|
Yakuniy sotuv imkoni
juda yuqori bo‘ladi, chunki buyurtmachilar mahsulot, xizmatlar
va kompaniya to‘g‘risida eng yangi ma’lumotlarni olib
turadilar; |
|
Xizmatlar arzonlashadi
– bazadan foydalanuvchilar uchun har yili ro‘yxatdan o‘tish
badali AFIRATO tomonidan 12 AQSh dollari miqdorida belgilangan.
O‘zingizga “veb-sahifa” ochish uchun yiliga 30 AQSh dollari
miqdorida qo‘shimcha badal to‘lashingiz zarur. Bu mablag‘ni
to‘lov kunidagi tijorat kursi bo‘yicha milliy valutada
ham to‘lasa bo‘ladi. |
Ushbu dasturda qatnashishni istovchi
korxonalar o‘zlariga eng yaqin joylashgan Milliy
bank bo‘limiga murojaat qilib, tegishli shakldagi blankni
zarur ma’lumotlar bilan to‘ldirishlari hamda Bank bilan shartnoma
tuzishlari kerak.
|