Logo NBU
Русская версия Switch to English Sayt kartasi Mulokatdagi shaxslar Izlash Bosh beti
Chorshanba, 7 yanvar 2009Bank to`g`risidaXizmatlarYangiliklarBo`limlar
Western Union





Izlach

8 avgust 2007 yil
Milliy bank tomonidan faqat Toshkent shahrida 367 ming plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi

2 aprel 2007 yil
2007 yilning 29 mart kuni O`zbekiston Milliy Bankining Tasviriy san`at galereyasida, Bolgariya Respublikasi elchixonasi hamkorligida “Yagona osmon ostida” nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

2 yanvar 2007 yil
Polsha davlati bilan umumiy tovar aylanmasi 600 mln. AQSh dollaridan oshishi mumkin 29.12.2006 12:44:16

17 oktyabr 2006 yil
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo`yicha foiz stavkalari 2006 yil 12 oktyabrdan boshlab pasaytirilganligini ma`lum qiladi:

Boshqa yangiliklar

O'R MB
Valutalar kurslari
Davlat valutalar kursalari:
USD  

1393.00

RUB  

48.58

EUR  

2050.36


Tijorat valutalar kursalari:
  Olish: Sotish:
GBP2190.00

2222.00

USD1396.00

1399.00

EUR2050.00

2080.00

JPY154.00

155.00


Davlat Hokimiyati Portali


Notice: Undefined variable: temp_arr in C:\site\nbu-uz\common\statistics.php on line 99
Rambler's Top100

MIKROKREDITLAR BERISH

Mikrokredit - imtiyozli kredit shakllaridan biri bo'lib, uning hajmi yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklari uchun 5 000 AQSH dollariga teng summani, yuridik shaxs maqomini olib ishlayotgan tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklari uchun 10 000 AQSH dollariga teng summani tashkil etadi.

 

MIKROKREDITLAR QUYIDAGI MAQSADLAR UCHUN BERILADI:

   kichik uskunalar sotib olish;
   o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va kengaytirish;
   xom ashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish;
   mehnat qurollari, xom ashyo, yarim fabrikatlar, furnitura sotib olish;
   xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'ati buyumlari ishlab chiqarish;
   hunarmandchilikni rivojlantirish, kasana mehnatni tashkil etish;
   aholiga servis va maishiy xizmatlar ko'rsatilishini rivojlantirish;
   sog'liqni saqlash sohasini rivojlantirish;
   sayyohlik sohasini rivojlantirish;
   ixcham korxonalar tashkil etish;
   xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish (ishlar bajarish) sohasi bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyatining amaldagi qonunlarda taqiqlanmagan boshqa turlari.

Xorijiy valutadagi mikrokreditlar yuqorida aytilgan maqsadlarda, lekin faqat O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan mashina-uskunalar, xom ashyo va butlovchi qismlar o'z ishlab chiqarish faoliyati uchun import bo'yicha sotib olinadigan hollarda beriladi.

Kreditlar mijozning "Talab qilib olinguncha" depozit hisobvarag'i ochilgan joyda beriladi.

Mikrokreditlar 3 yilgacha muddatga beriladi va bunda uning muddati kreditlanayotgan tadbir o'z xarajatlarini qancha vaqtda chiqarishiga bog'liq bo'ladi.

Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi kredit shartnomasi asosida, qarz oluvchi bilan bank o'rtasidagi o'zaro kelishuvga ko'ra, lekin Markaziy bankning rasmiy belgilangan takror moliyalash stavkasidan oshmaydigan hajmda belgilanadi.

Bundan tashqari, Bank mikrokreditlar yo'nalishi doirasida:
  

yangi tashkil etilgan korxonalarga birlamchi (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirish uchun mikrokreditlar beradi;

  

oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratadi;

  

Imtiyozli kreditlash maxsus fondi mablag'lari hisobidan mikrokreditlar taqdim etadi.