Logo NBU
Русская версия Switch to English Sayt kartasi Mulokatdagi shaxslar Izlash Bosh beti
Chorshanba, 7 yanvar 2009Bank to`g`risidaXizmatlarYangiliklarBo`limlar
Western Union





Izlach

8 avgust 2007 yil
Milliy bank tomonidan faqat Toshkent shahrida 367 ming plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi

2 aprel 2007 yil
2007 yilning 29 mart kuni O`zbekiston Milliy Bankining Tasviriy san`at galereyasida, Bolgariya Respublikasi elchixonasi hamkorligida “Yagona osmon ostida” nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

2 yanvar 2007 yil
Polsha davlati bilan umumiy tovar aylanmasi 600 mln. AQSh dollaridan oshishi mumkin 29.12.2006 12:44:16

17 oktyabr 2006 yil
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo`yicha foiz stavkalari 2006 yil 12 oktyabrdan boshlab pasaytirilganligini ma`lum qiladi:

Boshqa yangiliklar

O'R MB
Valutalar kurslari
Davlat valutalar kursalari:
USD  

1393.00

RUB  

48.58

EUR  

2050.36


Tijorat valutalar kursalari:
  Olish: Sotish:
GBP2190.00

2222.00

USD1396.00

1399.00

EUR2050.00

2080.00

JPY154.00

155.00


Davlat Hokimiyati Portali


Notice: Undefined variable: temp_arr in C:\site\nbu-uz\common\statistics.php on line 99
Rambler's Top100

O'zmilliybank ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik va o'rta tadbirkorlar, dehqon va fermer xo'jaliklariga, kichik va o'rta biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar berish uchun Imtiyozli kreditlash maxsus fondini shakllantirgan. Fond mablag'lari bank foydasining 25 foizigacha bo'lgan qismini ajratish orqali to'ldiriladi.

Imtiyozli kreditlash maxsus fondi mablag'lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz

stavkalari Markaziy bankning amaldagi takror moliyalash stavkasining 50%dan oshmaydi.

Fond mablag'lari hisobidan kreditlar berish muddatlari kreditlanadigan tadbir o'zini qanday oqlashiga bog'liq bo'ladi, xususan:

   kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlariga xom ashyo va materiallar, yarim fabrikatlar va boshqa ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olishda zarur bo'ladigan oborot mablag'larini to'ldirish uchun kreditlar 1 yil muddatga beriladi;
   fermer xo'jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xo'jaliklariga qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda kerak bo'ladigan oborot mablag'larini to'ldirish uchun kreditlar kamida 2 yilga beriladi;
   kichik va o'rta tadbirkorlik sohasining barcha subyektlariga, jumladan yuridik shaxs maqomini olgan fermer va dehqon xo'jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalash uchun kreditlar 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin.

Qarz oluvchilarga Imtiyozli kreditlash maxsus fondi mablag'lari hisobidan kreditlar mahsulot ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan, quyidagilar ko'zda tutiladigan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi:

   ishlab chiqarish binolarini qurish, texnik qayta qurollantirish va rekonstruksiyalash;
   mashinalar, uskunalar, jihozlar, anjomlar, urug'lik, chorva mollari va parranda sotib olish;
   xom ashyo va materiallar, jumladan furaj, omixta yem, veterinariya preparatlari, o'simliklarni himoyalashning kimyoviy vositalari, mineral o'g'itlar, yonilg'i-moylash materiallari sotib olish hamda ekin maydonlariga ishlov berish yuzasidan mexanizatsiyalashgan xizmatlar haqini to'lash.

Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomini olgan fermer xo'jaliklari, kichik tadbirkorlikning boshqa subyektlariga milliy valutadagi mikrokreditlar berish shartlari qanday bo'lsa, Imtiyozli kreditlash maxsus fondi hisobidan mikrokreditlar berish shartlari ham xuddi shunday.